Sayt test rejimida ishlamoqda

Chorieva Nigora Barotalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida oltingugurt va fosfor bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi sorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2060.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov  Ma’sud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Tojiev Panji Jovlievich  texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida oltingugurt va fosfor bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi polifunksional sorbentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbamid formaldegid smolani ammoniy digidrofosfat, difeniltiokarbazon, kaliy di-(2-aminoetil)-ditiofosfat, qo‘rg‘oshin dietilditiokarbamat bilan modifikatsiyalash asosida tarkibida oltingugurt va fosfor bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi yangi polifunksional KF-AF, KF-DT, KF-DF va KF-DK markali sorbentlar olingan;
sintez qilingan polimer sorbentlarning Cu(II), Ni(II), Zn(II), Cr(VI) ionlariga nisbatan statik almashinish sig‘imlari aniqlangan va ushbu metallarning olingan sorbentlarda sorbsiyalanish qatori tuzilgan;
sintez qilingan polimer sorbentlarning tarkibi va tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida aniqlangan;
tarkibida oltingugurt va fosfor bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi yangi polifunksional sorbentlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida oltingugurt va fosfor bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi polifunksional sorbentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karbamid formal`degid smolani kimyoviy modifikatsiyalash asosida kompleks hosil qiluvchi sorbentlar olish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJda yangi yuqori samarali sorbentlar olish uchun amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2022 yil 8 sentyabrdagi AA-006739-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida olingan karbamid formal`degid smolani kimyoviy modifikatsiyalash yordamida yangi, yuqori samarali sorbentlar olish imkonini bergan;
olingan sorbentlar sanoat oqava suvlarini tozalashda “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2022 yil 8 sentyabrdagi AA-006739-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarni og‘ir metallardan ruxsat etilgan konsentratsiyasining o‘ndan bir ulushigacha samarali tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish