Umurzakov Sardor Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘aznachilik organlarining integrallashgan axborot tizimlari faoliyatini optimal tashkil qilish jarayonlarini takomillashtirish», 08.00.14–Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt124.
Ilmiy rahbar: Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Abduvohidov Abdumalik Mahkamovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Agzamov Fayzulla Saidakbarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘aznachilik organlari faoliyatida integrallashgan axborot tizimini samarali tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘aznachilik organlarining integrallashgan axborot tizimlarining funksional imkoniyatlarini kengaytirish asosida birlamchi ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, tahlil qilish va taqdim etish bosqichlari takomillashtirilgan;
g‘aznachilik organlarining integrallashgan axborot tizimlarida moliyaviy-iqtisodiy axborotlarga ishlov berish jarayonlarini respublika g‘aznachiligining hududlarda joylashgan bo‘limlarida to‘planadigan byudjetlar ijrosiga doir ma’lumotlarning tarqoq massivlaridan yagona ma’lumotlar bazasiga o‘tish imkonini beruvchi ekonometrik modellari takomillashtirilgan;
«Elektron hukumat» platformasi asosida yagona axborot makonini shakllantirish sharoitida g‘aznachilikning integrallashgan axborot tizimlarini joriy qilish metodikasi takomillashtirilgan;
respublika g‘aznachiligi ma’lumotlar bazalaridan hisobot va ma’lumotnomalarni bir bazadan boshqasiga uzatish kabi biznes-jarayonlarda funksional operatsiyalarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun integrallashgan axborot tizimlarining davlat boshqaruvi organlari axborot tizimlari bilan samarali o‘zaro axborot hamkorligi texnologiyasi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘aznachilik organlarining integrallashgan axborot tizimlari faoliyatini optimal tashkil qilish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘aznachilik integrallashgan axborot tizimlarining funksional imkoniyatlarini kengaytirish asosida birlamchi ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, tahlil qilish va taqdim etish bosqichlarini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar Moliya vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Moliya vazirligining 2017 yil 20 dekabrdagi DS/31-01/2-32-12/1100-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif g‘aznachilikning integrallashgan axborot tizimlarining funksional imkoniyatini takomillashtirish borasidagi yondashuvlar va mexanizmlardan foydalanish g‘aznachilik organlarida byudjet intizomi mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
g‘aznachilik integrallashgan axborot tizimlarida moliyaviy-iqtisodiy axborotlarga ishlov berish jarayonlarining respublika g‘aznachiligining hududlarda joylashgan bo‘limlarida to‘planadigan byudjetlar ijrosiga doir ma’lumotlarning tarqoq massivlaridan yagona ma’lumotlar bazasiga o‘tish imkonini beruvchi takomillashtirilgan ekonometrik modellar Moliya vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Moliya vazirligining 2017 yil 20 dekabrdagi DS/31-01/2-32-12/1100-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida byudjet ijrosiga doir ma’lumotlarning tarqoq massivlaridan yagona ma’lumotlar bazasiga o‘tish imkoniyati yaratilgan;
«Elektron hukumat» platformasi asosida yagona axborot makonini shakllantirish sharoitida g‘aznachilik integrallashgan axborot tizimlarini joriy qilish metodikasi Moliya vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Moliya vazirligining 2017 yil 20 dekabrdagi DS/31-01/2-32-12/1100-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan metodika g‘aznachilik biznes-jarayonlarida integrallashgan axborot tizimlari funksional operatsiyalarining takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini bergan;
respublika g‘aznachiligi ma’lumotlar bazalaridan hisobot va ma’lumotnomalarni bir bazadan boshqasiga uzatish kabi biznes-jarayonlarda funksional operatsiyalarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun integrallashgan axborot tizimlarining davlat boshqaruvi organlari axborot tizimlari bilan samarali o‘zaro axborot hamkorligi texnologiyasi bo‘yicha berilgan takliflar Moliya vazirligi faoliyatiga joriy etildi (Moliya vazirligining 2017 yil 20 dekabrdagi DS/31-01/2-32-12/1100-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida moliyaviy oqimlarni boshqarishni avtomatlashtirish va g‘aznachilikning moliyaviy-iqtisodiy axborotlariga taqsimotli ishlov berish jarayonlarini tezlashtirishga erishilgan.