Sayt test rejimida ishlamoqda

   Van Chjenning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida iste’molchilar bilan ishlashning marketing strategiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit, 08.00.11 - Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2035.
Ilmiy rahbar: Karimov Narboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karaliev Sherbek Turaboevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Etakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tijorat banklarida mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklariga yangi mijozlarni jalb qilishda bank xizmatlari tarifini tabaqalashtirish hamda bir oyda besh yuz million so‘mdan oshiq aylanmaga ega mijozlardan xizmat undirilmaslik taklif etilgan;
bank xizmatlarini masofadan ko‘rsatish va xarajatlarni tejash, xizmatlar bozorini kengroq egallashda hududiy markazlarda bank xizmatlari markazini ochish taklif etilgan;
ob’ektiv iqtisodiy harakatsizlik sharoitida mijozlarga berilgan kreditlarning foizlarini «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi» mablag‘lari hisobidan subsidiyalash taklif etilgan.
mijozlardan xizmat undirilmaslik, bank xizmatlari markazini ochishning tijorat banklarida iste’molchilar bilan ishlashning marketing strategiyasining 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarida iste’molchilar bilan ishlashning marketing strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklariga yangi mijozlarni jalb qilishda bank xizmatlari tarifini tabaqalashtirish hamda bir oyda besh yuz million so‘mdan oshiq aylanmaga ega mijozlardan xizmat undirilmaslik taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvining 2021 yil 24 dekabrdagi 04/02/-1245-son qarori bilan «2022-2023 yillarda Bankni rivojlantirish strategiyasi»ga kiritilgan («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2022 yil 20 yanvardagi 07-08/1080-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yil yanvar` oyida 24 ta besh yuz million so‘mdan ortiq aylanmaga ega mijozlar jalb qilingan;
bank xizmatlarini masofadan ko‘rsatish va xarajatlarni tejash, xizmatlar bozorini kengroq egallashda hududiy markazlarda bank xizmatlari markazini ochish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvining 2021 yil 24 dekabrdagi 04/02/-1245-son qarori bilan «2022-2023 yillarda Bankni rivojlantirish strategiyasi»ga kiritilgan («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2022 yil 20 yanvardagi 
07-08/1080-son ma’lumotnomasi). Natijada, «O‘zsanoatqurilishbank» Toshkent shahar mintaqaviy filiali tarkibida 6 ta bank xizmatlari markazi tashkil etilgan; 
ob’ektiv iqtisodiy harakatsizlik sharoitida mijozlarga berilgan kreditlarning foizlarini «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi» mablag‘lari hisobidan subsidiyalash taklifi«O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvining 2021 yil 24 dekabrdagi 04/02/-1245-son qarori bilan «2022-2023 yillarda Bankni rivojlantirish strategiyasi»ga kiritilgan («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2022 yil 20 yanvardagi 07-08/1080-son ma’lumotnomasi). Natijada, 212 ta mijozning 421,2 mln so‘mlik mablag‘lari «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi» mablag‘lari hisobidan subsidiyalangan;
mijozlardan xizmat undirilmaslik, bank xizmatlari markazini ochishning tijorat banklarida iste’molchilar bilan ishlashning marketing strategiyasining 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvining 2021 yil 24 dekabrdagi 04/02/-1245-son qarori bilan 
«2022-2023 yillarda Bankni rivojlantirish strategiyasi»ga kiritilgan («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2022 yil 20 yanvardagi 07-08/1080-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklarida iste’molchilar bilan ishlashning marketing strategiyasining 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz rejasi qabul qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish