Qutlimuratov Nurbek Matkarimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyo va chiqindilar asosida ionitlar sintezi», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/K311.
Ilmiy rahbar: Bekchanov Davron Jumazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Maxmud Muratovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Trobov Xamza Tursunovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar va chiqindilar asosida ionitlar sintez qilish hamda ularning qo‘llanilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polivinilxloridni gazlarni tozalashda ishlatib bo‘lingan chiqindilar tarkibidan ajratib olingan dietanolamin hamda monoetanolaminlar ishtirokida modifikatsiyalash orqali yangi PVX-A-N-1 hamda PVX-A-N-2 anionitlar olingan;
granulalangan plastikat polivinilxlorid asosida olingan sulfokationitni chiqindi monoetanolamin bilan modifikatsiyalab poliamfolit olish jarayoninining maqbul sharoitlari aniqlangan;
olingan ionitlarning fizik hamda kimyoviy xossalarini tekshirish orqali yuqori sorbsion xossaga, kimyoviy va termik barqarorlikga ega ekanligi aniqlangan;
olingan anionitlarga Cu (II), Mn (VII) va Cr (VI) ionlari sorbsiyasini o‘rganilishida olingan natijalar PVX-A-N-2 ning sorbsion xususiyati PVX-A-N-1 anionitidan ustunligi aniqlangan;
ilk bor mahalliy anionitlar yordamida gazlarni tozalashda ifloslangan alkanolaminlarni termik barqaror tuzlardan tozalash jarayoni tekshirilkan va uning maqbul sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyo polivinilxlorid plastikatini chiqindi dietanolamin va monoetanolamin ishtirokida modifikatsiyalab sintez qilingan anionitlarning fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gazlarni tozalashda qo‘llaniladigan metildietanolaminni tozalash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (№IAP06832; 2022 y.). Natijada, yangi sorbent ishtirokida ifloslangan metildietanolaminni tozalash imkonini bergan;
sintez qilingan yangi anionalmashuvchi sorbentlar asosida oqova suvlarni turli xil ionlardan tozalovchi kichik uskuna «MAXAM-CHIRCHIQ» AJda amaliyotga joriy etilgan («MAXAM-CHIRCHIQ» AJning 2020 yil 9 sentyabrdagi 19-15/50A-son ma’lumotnomasi). Natijada ionalmashuvchi sorbentlarni asosida oqova suvni tozalash usulini ishlab chiqish imkonini bergan;
sintez qilingan ionitlar «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2021 yil 20 dekabrdagi 1052/GK-12-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlar tarkibidagi oraliq metallar Cu (II) ionini dastlabki miqdorining 1,2%gacha va Cr (VI) ionlaridan to‘liq tozalash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish