Raximova Zarnigor Abdulqayumovnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘n yarim mahsulotlarga mexanik ishlov beruvchi valli mashinaning konstruksiyasi va hisoblash usulini takomillashtirish” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2294
Ilmiy rahbar: Baxadirov Gayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Babaxanova Xalima Abishevna, texnika fanlari doktori, professor; Kurbanov Fazliddin Aminovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘n yarim mahsulotlarga mexanik ishlov beruvchi vertikal turdagi val juftliklaridan iborat mashinaning takomillashtirilgan konstruksiyasi va undagi jarayonlarni modellashtirish orqali texnologik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ketma-ketlikda ho‘l ko‘n yarim mahsulotining qatlangan joylarini tekislaydigan va ortiqcha namligini siqib chiqaradigan vertikal turdagi valli mashinaning takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ko‘n yarim maxsulotini vertikal tekislikda ishchi vallar juftliklari orasidan uzatish jarayoni dinamikasi, vallar qamrov burchagini umumlashgan koordinata deb qabul qilib, Lagranjning ikkinchi tur tenglamalari asosida ishlab chiqilgan va jarayonni ta’minlovchi o‘zgarmas tezlik uchun matematik modellar tuzilgan;
mashinaning ish jarayonida energiya sarfini hisoblash imkonini beruvchi qamrov burchagi, vallar radiusi, ularning juftliklari orasidagi masofa va tayanch plita  balandligi orasidagi bog‘lanishlar aniqlangan;
ko‘n yarim mahsulotni vertikal uzatishda undan siqib chiqariladigan ortiqcha suyuqlik miqdorini aniqlovchi matematik ifoda juftlikdagi vallar diametri, ular orasidagi bosim va uzatish tezligi bog‘lanishlari ishlab chiqilgan, hamda vertikal turdagi valli mashina konstruksiyasining geometrik, kinematik va dinamik parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ko‘n yarim mahsulotga mexanik ishlov beruvchi vertikal turdagi valli mashina takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida;
    donali yassi materiallarga mexanik ishlov berish mashinasiga O‘zR Adliya Vazirligi qoshidagi Intellektual Mulk Agentligidan ixtiroga patent olingan (№ IAP 06628, 2021 y.). Natijada, ko‘n yarim mahsulotga mexanik ishlov beruvchi takomillashtirilgan vertikal turdagi valli mashina amaliyotga joriy etilganda elektr energiyasini ko‘p talab qiluvchi texnologiyalarning qisqarish imkonini bergan;
    ko‘n yarim mahsulotga mexanik ishlov beruvchi takomillashtirilgan vertikal turdagi valli mashina Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi «ULKAN LAZIZ» MChJ va Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi «NIGORA DADIDO» MChJ larda joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2022 yil 27 apreldagi FB – 9/1368 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harajatlar valli mashina bilan xo‘l ko‘n yarim mahsulotini siqish jarayonida ko‘n yarim mahsulotining qoldiq namligi 55-60 foizni tashkil etishi va ko‘n yarim mahsulotining sifatini 5,2 foizga yaxshilanishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish