Roxmonov Durbek Azamjonovichning 
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) 
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon

1.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Chigit shikastlanishini kamaytirish maqsadida jin mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1.1817.
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: chigit shikastlanishini kamaytirish maqsadida chigitdan tolani ajratib beruvchi jin mashinasining ishchi qismlarini samarali konstruksiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jinlash jarayonida jinning unumdorligi xomashyo valigining zichligi bilan toladan ajragan chigitlarning chiqarib yuborish jarayonidagi bog‘liqligi aniqlangan;
paxtani jinlash jarayoni, xomashyo valigining zichligi va unga ta’sir qiluvchi omillar tahlili natijalaridan kelib chiqib, jin ishchi kamerasining peshtoq brus qismiga tirqishli panjara o‘rnatilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
arrali jin ishchi kamerasida toladan ajragan chigit hamda tolali muhitni harakat jarayonini ifodalovchi matematik modeli tuzilgan, u asosda olingan tegishli differensial tenglamalar sonli usulda echilib, tegishli grafiklar tahlili natijasida jin ishchi kamerasining yangi konstruksiyasini jinlash jarayoniga nazariy ta’siri aniqlangan;
tajribaviy tadqiqotlar yordamida olingan regressiya tenglamalari kiruvchi parametrlarga tegishli qiymatlar asosida jin ishchi kamerasining peshtoq brus qismiga taklif qilinayotgan tirqishli panjaraning maqbul parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toladan ajragan chigitlarni ishchi kameradan chiqarib yuboruvchi yangi peshtoq brusli jin konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk Agentligi tomonidan ixtiro sifatida patentlangan arrali jinning konstruksiyasi ishlab chiqilgan («Arrali jinning ishchi kamerasi» №IAP 06900 29.04.2022 y.). Natijada chigitdan tolani ajratish jarayonida paxta tolasi va chigitning dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlash imkoniyati yuzaga kelgan; 
toladan ajragan chigitlarni ishchi kameradan chiqarib yuboruvchi yangi peshtoq brusli jin konstruksiyasi Namangan to‘qimachi klasteri MChJ ga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlar uyushmasining 2022 yil 13 iyundagi № 02/22-373 ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushining 0,5% kamayishiga erishilgan;
toladan ajragan chigitlarni ishchi kameradan chiqarib yuboruvchi yangi peshtoq brusli jin konstruksiyasi va uning ratsional parametrlari Namangan to‘qimachi klasteri MChJ ga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlar uyushmasining 2022 yil 13 iyundagi № 02/22-373 ma’lumotnomasi). Natijada jinlashdan so‘ng paxta chigitining shikastlanishi 0,2% kamayishi ta`minlangan

Yangiliklarga obuna bo‘lish