Arzikulov Otabek ali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Kichik korxona va mikrofirmalar faoliyati samaradorligining statistik tadqiqoti (Jizzax viloyati misolida) 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt799.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Zoir Xudoyberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Imomnazar Qalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Baqoev Xusan Nuriddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik korxona va mikrofirmalar faoliyati samaradorligini statistik tadqiq etish, ekonometrik modellarini tuzish hamda istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksport salohiyatini aniqlovchi indikatorlar «eksport hajmini o‘zgarish dinamikasi», «eksport tovar raqobatbardoshligi», «eksport tovar innovatsionligi» ni kiritish asosida kichik korxona va mikrofirmalarda tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini statistik baholash tizimi takomillashtirilgan;
hududlarda kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatida investision iqlimni baholash maqsadida «hudud kichik korxona va mikrofirmalar raqobatbardoshligi salohiyatining indeksi ko‘rsatkichi» tavsiya etilib, lokal indikatorlaridan foydalanilib, ularning integratsiya qilinishi natijasida hududiy tadbirkorlik raqobatbardoshligi salohiyati baholangan;
korxonalarning soni, ulardagi band bo‘lganlar, ish o‘rinlarining yaratilishi, mahsulot sotishdan olingan tushumlarini tavsiflovchi integral ko‘rsatkichlarni kiritish asosida kichik tadbirkorlikning sinergetik samaradorligini baholash taklif etilgan;
kichik korxona va mikrofirmalar faoliyati samaradorligini baholash maqsadida o‘rta muddatga (2022-2026 yy.) mo‘ljallangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ko‘p variantli statistik prognozlari tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda kichik korxona va mikrofirmalar faoliyati samaradorligini statistik tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eksport salohiyatini aniqlovchi indikatorlar «eksport hajmini o‘zgarish dinamikasi», «eksport tovar raqobatbardoshligi», «eksport tovar innovatsionligi» ni kiritish asosida kichik korxona va mikrofirmalarda tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini statistik baholash tizimi takomillashtirilishi bo‘yicha ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 20 apreldagi 21-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 20 apreldagi 01/1-10-15/2-83-soni ma’lumotnomasi). Natijada Davlat statistika qo‘mitasining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi hamda hududiy statistika boshqarmalarining tegishli bo‘limlari tomonidan tayyorlanadigan sohaga oid press-relizlarida kichik tadbirkorlik faoliyati samaradorligini tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirgan;
hududlarda kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatida investision iqlimni baholash maqsadida «hudud kichik korxona va mikrofirmalar raqobatbardoshligi salohiyatining indeksi ko‘rsatkichi» tavsiya etilib, lokal indikatorlaridan foydalanilib, ularning integratsiya qilinishi natijasida hududiy tadbirkorlik raqobatbardoshligi salohiyatini baholash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 20 apreldagi 21-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 20 apreldagi 01/1-10-15/2-83-son ma’lumotnomasi). Natijada Davlat statistika qo‘mitasining ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi hamda hududiy statistika boshqarmalarining mos bo‘limi tomonidan kichik tadbirkorlik raqobatbardoshligi salohiyatini tahlil qilish imkoniyatlarini oshirgan;
korxonalarning soni, ulardagi band bo‘lganlar, ish o‘rinlarining yaratilishi, mahsulot sotishdan olingan tushumlarini tavsiflovchi integral ko‘rsatkichlarni kiritish asosida kichik tadbirkorlikning sinergetik samaradorligini baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ-4796-son “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 20 apreldagi 01/1-10-15/2-83-son ma’lumotnomasi hamda Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi 2022 yil 5 yanvardagi 4-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududlarda kichik korxona va mikrofirmalar rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish tizimi samaradorligini baholash indikatorlari takomillashtirilgan;
kichik korxona va mikrofirmalar faoliyati samaradorligini baholash maqsadida o‘rta muddatga (2022-2026 yy.) mo‘ljallangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ko‘p variantli statistik prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ-4796-son “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 20 apreldagi 01/1-10-15/2-83-son ma’lumotnomasi hamda Jizzax viloyati Statistika boshqarmasining 2022 yil 5 yanvardagi 4-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari hududlarda kichik korxona va mikrofirmalarni istiqboldagi rivojlanish strategiyalari va yo‘nalishlarini belgilash imkonini oshirgan.