Baxtiyorov Shohzod Sherzodbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion yondashuvlar asosida turistik-rekreatsion klasterlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1956.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshiboevich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Navruz-zoda Baxtiyar Negmatovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion yondashuvlar asosida turistik-rekreatsion klasterlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyati ekoturistik zonalarni o‘z ichiga oluvchi Xiva aqlli turistik destinatsiyasida “Xiva aqlli turistik-rekreatsion klasteri”, “Amudaryo ekologik zonasi”, “Qal’ajiq tuzli suvi” va “Hazorasp tarixiy-arxeologik parki” turistik-rekreatsion klasterlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
rekreantlarni jalb etishning mono, mini, mikro, meta, mezo, makro va megadarajada rivojlanishida G‘ovukko‘l va Eshonravot ko‘llari bo‘yida sayyohlik majmuini yaratishda rekreatsion zonani tashkil etishning namunaviy tarkibiy tuzilmasi taklif qilingan;
Xorazm viloyatining turistik-rekreatsion salohiyati negizida Pahlavon Mahmud (Xiva shahri), Shayx Muxtor Vali (Yangiariq tumani) va Yusuf Hamadoniy (Shovot tumani) muqaddas qadamjolarini o‘z ichiga olgan ziyorat turizmi klasterlarini tashkil etish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Xorazm viloyatida turistik-rekreatsion klasterlarni rivojlanish ko‘rsatkichlarining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion yondashuvlar asosida turistik-rekreatsion klasterlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm viloyati ekoturistik zonalarni o‘z ichiga oluvchi Xiva aqlli turistik destinatsiyasida “Xiva aqlli turistik-rekreatsion klasteri”, “Amudaryo ekologik zonasi”, “Qal’ajiq tuzli suvi” va “Hazorasp tarixiy-arxeologik parki” turistik-rekreatsion klasterlarini tashkil qilish bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 6 yanvardagi 03-17-02/44-son va Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 5 yanvardagi 2-5292-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarning amalga oshishi turizm infratuzilmasini shakllantirish va turistik rekreatsiya xizmatlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan 2,7 mlrd. so‘mlik loyihalar ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish imkonini bergan.
rekreantlarni jalb etishning mono, mini, mikro, meta, mezo, makro va megadarajada rivojlanishida G‘ovukko‘l va Eshonravot ko‘llari bo‘yida sayyohlik majmuini yaratishda rekreatsion zonani tashkil etishning namunaviy tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 6 yanvardagi 03-17-02/44-son va Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 5 yanvardagi 2-5292-son ma’lumotnomalari). Natijada, klaster tarkibiga kiruvchi turizm infratuzilmasi korxonalari sonini 7-10 foizga va tashrif buyuruvchi rekreantlar sonini 10-15 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan. Olingan natijalar Xorazm viloyat hokimining 2022 yil 28 maydagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №250-12-0-Q/22-conli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan.
Xorazm viloyatining turistik-rekreatsion salohiyati negizida Pahlavon Mahmud (Xiva shahri), Shayx Muxtor Vali (Yangiariq tumani) va Yusuf Hamadoniy (Shovot tumani) muqaddas qadamjolarini o‘z ichiga olgan ziyorat turizmi klasterlarini tashkil etish bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2022 yil 28 maydagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 250-12-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 6 yanvardagi 03-17-02/44-son va Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 5 yanvardagi 2-5292-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarni qo‘llash natijasida Pahlavon Mahmud (Xiva shahri), Shayx Muxtor Vali (Yangiariq tumani) va Yusuf Hamadoniy (Shovot tumani) muqaddas qadamjolari asosida ziyorat klasteri shakllantirilgan va ushbu turistik yo‘nalishda turistlar oqimining miqdorini samarali tadqiq qilishga erishilgan.
Xorazm viloyatida turistik-rekreatsion klasterlarni rivojlanish ko‘rsatkichlarining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilishi bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2022 yil 28 maydagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 250-12-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 6 yanvardagi 03-17-02/44-son va Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 5 yanvardagi 2-5292-son ma’lumotnomalari). Mazkur model asosida Xorazm viloyatidagi turistik-rekreatsion ob’ektlarga tashrif buyurishi kutilayotgan rekreantlar oqimi bo‘yicha talabni oldindan rejalashtirish imkoni yaratilgan.