Bakieva Zuxra Raxmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga kompyuterli animatsiyani o‘qitishning elektron tizimini yaratish va foydalanish metodikasi”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4 PhD/Ped2931.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy  kengash.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor, Mamatov Dilmurod Normurotovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga kompyuterli animatsiyani o‘qitishning elektron tizimini yaratish va foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kompyuterli animatsiya bilan ishlash kompetentligida animatsion-raqamli ko‘nikmalar, ijodiy-konstruktiv malakalar va individual-pedagogik kompetensiyalarga ustuvorlik berish va virtual loyihalash, ta’limiy mul`tiplikatsiyalar yaratish hamda elektron ta’lim muhitini rivojlantirish sifatlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
kompyuterli animatsiyani o‘qitishga mo‘ljallangan ta’lim ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini boshqarishga qaratilgan AmoCRM (Automated messages online customer relationship management), chat-bot va trening texnologiyalari yordamida virtual muloqot olib borish, onlayn bahs-munozaralar yuritishga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beruvchi kurs dizaynini ishlab chiqish asosida CoreApp elektron ta’lim platformasi takomillashtirilgan;
kompyuterli animatsiyani o‘qitish metodikasi yaratuvchi animatsion-g‘oyaviy, vizual loyihalash, 3D komponovka bosqichlari Scratch, Adobe Animate, 3D Maya dasturlarida mul`tiplikatsiyaga oid bilimlarni texnologik jarayondagi pedagogik bilimlar bilan refleksiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim tizimida talabalarga kompyuterli animatsiyani o‘qitishga mo‘ljallangan aralash ta’limning “Flex” modeliga morfologik matrisa (morphologic matrix), g‘oyalar qutisi (ideas box), imkoniyatlar doirasi (scope of opportunity) metodlarini qo‘llash, animatsion tasvirlashda ijodiy g‘oyalar va fikrlarni rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida o‘qitish usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga kompyuterli animatsiyani o‘qitishning elektron ta’lim tizimini yaratish va foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning kompyuterli animatsiya bilan ishlash kompetentligida animatsion-raqamli ko‘nikmalar, ijodiy-konstruktiv malakalar va individual-pedagogik kompetensiyalarga ustuvorlik berish va virtual loyihalash, ta’limiy mul`tiplikatsiyalar yaratish hamda elektron ta’lim muhitini rivojlantirish sifatlarini belgilash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Mul`timedia tizimlari va texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i asosida berilgan 603-160-son nashr guvohnomasi). Natijada kompyuterli animatsiya bo‘yicha o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
kompyuterli animatsiyani o‘qitishga mo‘ljallangan ta’lim ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini boshqarishga qaratilgan AmoCRM (Automated messages online customer relationship management), chat-bot va trening texnologiyalari yordamida virtual muloqot olib borish, onlayn bahs-munozaralar yuritishga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beruvchi kurs dizaynini ishlab chiqish asosida CoreApp elektron ta’lim platformasini takomillashtirishga oid tavsiyalar “3D texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i asosida berilgan 110-144-son nashr guvohnomasi). Natijada kompyuterli animatsiyaga oid bilim va kompetensiyalarni kasbiy sohada qo‘llanilish samaradorligini oshirishga erishilgan;
kompyuterli animatsiyani yaratuvchi animatsion-g‘oyaviy, vizual loyihalash, 3D komponovka bosqichlari Scratch, Adobe Animate, 3D Maya dasturlarida mul`tiplikatsiyaga oid bilimlarni texnologik jarayondagi va pedagogik bilimlarni integratsiyalash asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalar “Mul`timedia tizimlari va texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i asosida berilgan 603-160-son nashr guvohnomasi). Natijada talabalarning kompyuterli animatsiyadan samarali foydalanishning metodik imkoniyatlarini kengaytirish imkoni yaratilgan.
elektron ta’lim tizimida talabalarga kompyuterli animatsiyani o‘qitishga mo‘ljallangan aralash ta’limning “Flex” modeliga morfologik matrisa (morphologic matrix), g‘oyalar qutisi (ideas box), imkoniyatlar doirasi (scope of opportunity) metodlarini qo‘llash, animatsion tasvirlashda ijodiy g‘oyalar va fikrlarni rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida o‘qitish usullari takomillashtirishga doir tavsiyalar “3D texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i asosida berilgan 110-144-son nashr guvohnomasi). Natijada kompyuterli animatsiyani elektron ta’lim tizimida o‘qitish metodikasi samaradorligini aniqlash imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish