Matyoqubova Dilfuza Olimboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada innovatsion faollik asosida agrar soha ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1831.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Kodirov Abdurashid Majidovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Ruziev Oybek Abdumuminovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion faollik asosida mintaqa agrar sohasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirishda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hazorasp tumanida meva-sabzavot, Bog‘ot tumanida uzumchilik, Xonqa, Gurlan tumanlarida sholichilik, Shovot, Yangibozor tumanlarida paxta-to‘qimachilik, Xiva, Yangiariq tumanlarida pillachilikni tashkil qilishning “o‘sish nuqtalari” asoslangan.
mintaqa agrar soha samaradorligini oshirish omili sifatida innovatsion fermer xo‘jaliklari tarmog‘ini kengaytirish, ichki va tashqi aloqalar kooperatsiyasini shakllantirish tizimini yaratish, viloyatni eksport salohiyatini yuksaltirish maqsadida har bir tumanda konsalting, marketing va biznes-jarayonlar asosidagi servis-tayyorlov markazlarini tashkil qilish taklif etilgan;
Xorazm viloyatida agrar sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlashda agrosanoat klasterlari infratuzilmasi, meva-sabzavot, g‘allachilik, paxta-to‘qimachilik, pillachilik, chorvachilik, sholichilik klasterlarining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Xorazm viloyatida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari real qiymatining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqada innovatsion faollik asosida agrar soha ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Hazorasp tumanida meva-sabzavot, Bog‘ot tumanida uzumchilik, Xonqa, Gurlan tumanlarida sholichilik, Shovot, Yangibozor tumanlarida paxta-to‘qimachilik, Xiva, Yangiariq tumanlarida pillachilikni tashkil qilishning “o‘sish nuqtalari” bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2021 yil 20 noyabrdagi “Viloyatda 2022 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi 152-12-0-Q/21-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil  13 apreldagi № 07/33-04/2249-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari soni 5 foizga oshib, 2,5 mlrd. so‘mlik maqsadli investisiya dasturlari amalga oshirilgan.
mintaqa agrar soha samaradorligini oshirish omili sifatida innovatsion fermer xo‘jaliklari tarmog‘ini kengaytirish, ichki va tashqi aloqalar kooperatsiyasini shakllantirish tizimini yaratish, viloyatni eksport salohiyatini yuksaltirish maqsadida har bir tumanda konsalting, marketing va biznes-jarayonlar asosidagi servis-tayyorlov markazlarini tashkil qilish taklifi Xorazm viloyati hokimining 2020 yil 17 sentyabrdagigi “Yangiariq tumani "Gullanbog‘" qishlog‘i hududida “TAGAN GREEN HOUSE” fermer xo‘jaligiga "zamonaviy gidroponika usulida issiqxona" qurish uchun er maydoni ajratish to‘g‘risida”gi 379-K-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil  13 apreldagi № 07/33-04/2249-sonli ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda innovatsion fermer xo‘jaliklari soni 20 taga ko‘paygan, ularda etishtirilgan hosil miqdori 15 foizga oshgan, innovatsion yondashuvlar asosidagi ilmiy tadqiqotlarini qo‘llash natijasida “Otaboy oqsoqol” fermer xo‘jaligi daromadining 2019 yilda 109,1 mln. so‘mga, 2020 yilda 88 mln. so‘mga oshirishga erishilgan.
Xorazm viloyatida agrar sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlashda agrosanoat klasterlari infratuzilmasi, meva-sabzavot, g‘allachilik, paxta-to‘qimachilik, pillachilik, chorvachilik, sholichilik klasterlari taklif qilingan (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil  13 apreldagi № 07/33-04/2249–sonli ma’lumotnomasi). Natijada ichki va tashqi bozorga raqobatbardosh qishloq xo‘jalik mahsulotlari etkazib berish  imkoniyatlari kengaygan.
Xorazm viloyatida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari real qiymatini 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqish bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2020 yil 24 fevraldagi “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 73-Q sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil  13 apreldagi № 07/33-04/2249-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm viloyatida agrar sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish iqtisodiy mexanizmi sifatida paxta-to‘qimachilik va agroklasterlar samarali tizimini shakllantirish ekanligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish