Abdurazakov Jamshid Norbutaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nochiziqli simmetrik tebranishlari (Nelineynie simmetrichnie kolebaniya krugovix silindricheskix uprugix obolochek i sterjney)”,
01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/FM567
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xudoynazarov Xayrulla, Samarqand davlat universiteti professori, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.02.09
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Abdikarimov Rustamxon Alimxonovich: fizika-matematika fanlari doktori, professor. Mamasoliev Qozoqboy: fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotlarning maqsadi tashqi dinamik yuklanishlar ta’siri ostidagi doiraviy silindrik qobiq va sterjenlarning nostatsionar, fizik nochiziqli tebranishlari dinamik hisobining matematik modelini ishlab chiqishdan va ularning ixtiyoriy kesimi nuqtalaridagi ko‘chish va kuchlanishlar maydonlarini aniqlash algoritmini yaratish hamda ishlab chiqilgan modelni qaralayotgan sistemalarning kuchlangan-deformatsiyalangan holatini aniqlashga qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elastiklik nazariyasi masalasining integral almashtirishlardagi umumiy echimidan foydalanib, kuchlanishlar va deformatsiyalar orasidagi nochiziqli bog‘lanishlar asosida hamda tashqi sirtiga qo‘yilgan dinamik chegaraviy shartlarni aniq qanoatlantirish orqali doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nostatsionar, fizik nochiziqli buralma tebranishlari matematik modeli yaratilgan;
silindrik qobiq va sterjenlarning ixtiyoriy kesimi nuqtalaridagi kuchlangan-deformatsiyalangan holatini, fazoviy koordinata va vaqt bo‘yicha bir qiymatli aniqlashning effektiv algoritmi, ularning nostatsionar, fizik nochiziqli tebranishlari tenglamalari asosida ishlab chiqilgan;
silindrik qobiq va sterjenlar uchlari va sirtlariga qo‘yilgan turli tabiatli kuchlarning birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan nostatsionar, fizik nochiziqli buralma tebranishlari haqidagi amaliy masalalar shakllantirilgan va ularni sonli echishning samarador usuli yaratilgan;
materialining fizik nochiziqli xususiyatlari hisobga olingan holda, doiraviy silindrik qobiq va sterjenlar buralma tebranishlar tenglamasini echish orqali topilgan ko‘chishlar maydoni asosida, fizik nochiziqlilik xarateristikalarining sistema ixtiyoriy nuqtasidagi kuchlanish tenzori va ko‘chish vektori o‘zgarishlariga ta’siri sonli tadqiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Silindrik qobiq va sterjenlarning buralma tebranishlari tadqiqotlarini, materalning fizik nochiziqli xususiyatlarini hisobga olib, rivojlantirish bo‘yicha  olingan  ilmiy natijalar asosida:
yuqori bosimli suyuqlik oquvchi silindrik qobiq (truboprovod)ning kesimlaridagi maksimal radial kuchlanishlarni, fizik nochiziqlilik effektini hisobga oluvchi hisoblash usulini qo‘llab topish jarayoni “Menzulatasvirservis” MChJ da qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushmasining 2022 yil 16 maydagi 05/15-1250 - son m’lumotnomasi). Bu truboprovodning butun uzunligi bo‘ylab kesimlarida mustahkamlik xarakteristikalarini aniqlandi va natijalar proektlash jarayonida e’tiborga olindi. Pirovardida olingan natijalar, truboprovodlar materiallarini 8% gacha tejash va xarajatlarni normaga nisbatan 6-7% ga kamaytirish imkonini bergan.;
 silindrik elastik qobiqning eng katta kuchlanishlar ta’siri ostidagi egilish nuqtalarini aniqlash bilan birgalikda uning dinamik deformatsiyalangan holatini baholash hamda harakatlanuvchi qisqa muddatli yuklar radial yo‘nalishda yuzaga keltirgan kuchlanishlarning eng katta qiymatlarini hisoblash “Parviz proekt servis” MChJ da joriy etildi. Natijada zo‘riqishlar qiymatlari qobiqlar chiziqli nazariyasi asosidagi qiymatlarga nisbatan 30% gacha past ekanligini aniqlangan. Bu loyiha-lash jarayonidayoq ishlatiladigan materiallarning 12% gacha tejashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish