Burxanov Ulug‘bek Muzafarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali rinosinusitlarni endoskopik jarrohlikdan keyingi davolash samaradorligini oshirish», 14.00.04–Otorinlaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib.1066.
Ilmiy rahbar: Xushvakova Nilufar Jurakulovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Egorov Viktor Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Bakieva Shaxlo Xamidullaevna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Seul milliy universiteti (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda endoskopik jarrohlik amaliyotidan so‘ng davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali rinosinusitning proliferativ shakllarida operatsion-biopsiya materialida shilliq qavat hilpillovchi epiteliysida chuqur distrofik-proliferativ, polip stromasida neytrofilli infil`tratsiya bilan kechuvchi degenerativ va nekroz o‘choqlari kabi morfofunksional uzgarishlar aniqlangan;
surunkali rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda an’anaviy va taklif etilgan terapiya natijasida umumiy kon zardobi va nazal sekretdagi IgA, sIgA, IgM, IgG ko‘rsatkichlarining asosiy guruxdagilarda yukori bulishi mahalliy rezistentlik mexanizmlari tiklanishi asoslangan;
surunkali rinosinusitning proliferativ shakllari bilan og‘rigan bemorlarda kullanilgan ananaviy jarrohlik amaliyotidan, endoskopik jarrohlik amaliyotining afzalligi tukimalar jaroxatlanishini kamayishi va reabilitatsion davrni qisqarishi asoslangan;
surunkali rinosinusitning proliferativ shakllari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyin ananaviy davolash usuli bilan birgalikda past intensivli lazer terapiyani qo‘llanilishi natijasida immun tizim faollashishi, mikrotsirkulyasiya erta tiklanishi va jaroxatlar bitishi aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali rinosinusitning proliferativ shakli bilan og‘rigan bemorlarda endoskopik jarrohlik amaliyotidan so‘ng past intensivli lazer terapiyani qo‘llash samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rinosinusitning turli shakli bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash tadbirlarini o‘tkazish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan «Rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va konservativ davolash usullariga ko‘rsatmalar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11-iyundagi 8 n-r/478-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma rinosinusitning turli shakllari bilan og‘rigan bemorlarni zamonaviy tekshirish, tashxislash va davolash imkonini bergan;
surunkali rinosinusitning proliferativ shakli bilan og‘rigan bemorlarda endoskopik jarrohlik amaliyotidan so‘ng past intnensivli lazer terepiyani qo‘llash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan «Endoskopik jarroxlikdan so‘ng surunkali rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarni davolash taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11-iyundagi 8 n-r/477-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma endoskopik jarrohlik amaliyotidan so‘ng davolash samaradorligini oshirish maqsadida, past intensivli lazer terapiyani qullash orqali davolashning optimal klinik natijalariga erishish imkonini bergan;
burun va burun yon bo‘shliqlari surunkali kasalliklarining jarroxlik amaliyotidan keyin davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ko‘p tarmoqli klinikasida xamda Toshkent viloyati Yangi yul tumani tibbiyot birlashmasining klinik amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 noyabrdagi 08-09/18695-son malumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashxislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish