G‘ayimnazarov Israil Xoliqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kanallarning nostatsionar oqim sharoitlarida oqiziqlar sarfini hisoblash usullarini takomillashtirish”, 05.09.07- Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T120
Ilmiy raxbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor. Dilshod Rayimovich Bazarov, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent. Baymatov Shaxriddin Xushvaqtovich.
Yetakchi tashkilot - “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kanallarda to‘lqin tarqalishi ta’sirini inobatga olgan holda oqiziqlar sarfini hisoblash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er o‘zanli trapetsiadal kanallarda oqiziqlar o‘lchamini inobatga olib, to‘lqinlar ta’sirida oqiziqlar harakati boshlanishining kritik tezliklarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
er o‘zanli trapetsiadal kanallarda qiyalik koeffitsintining o‘zgarishini inobatga olib gryadlar parametrlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
er o‘zanli kanallarda to‘lqin tarqalishi ta’sirida o‘zan tubida gryadlarning parametrlarini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
er o‘zanli kanallarda to‘lqin tarqalishi ta’sirida gryadlar harakati asosida oqiziqlar sarfini aniqlash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er o‘zanli kanaldagi suvning to‘lqinsiz va to‘lqinli harakatlarida o‘zan tubi oqiziqlar harakatining boshlanishi va o‘zan tubi gryadlarning shakllanishi hamda gryadlar harakati bilan kechadigan oqiziqlar tashilishini hisob usullarini takomillashtirish asosida olingan natijalar quyidagi kanallarda qo‘llanildi:
Amu-Qashqadaryo irrigasiya tizimlari havza boshqamasining Mirishkor kanalida (2021 yildagi 27 oktyabdagi dalolatnoma), Qarshi magistral` kanalida (2021 yil 03 noyabrdagi dalolatnoma) va “Oqsuv-Zarafshon irrigasiya” MChJlarda (2021 yil 18 iyundagi 14-sonli) qo‘llanilgan. Shuningdek, ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish haqida “Gidroproekt” AJ (2021yil 10 iyundagi 01-12/1005-sonli) va “UzGIP” AJlaridan (2021 yil 18 noyabrdagi 025-605-sonli) hamda “Nasaf maxsus suv qurilish ta’mirlash” MChJ (2021 yil 06 iyun` 17-son) dan ma’lumotlar olingan. Natijada kanalning suv o‘tkazish qobiliyatini bu hisob usulining qo‘llanishi (Suv ho‘jaligi vazirligining 2022 yilning 8-apreldagi 03/27-779–son ma’lumotnomasi) asosida 8-10 % ga oshirish imkoni yaratilgan.