Nabiev Ozod Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Men`er kasalligi bilan ogrigan bemorlarni tashxisoti va konservativ davosini makbullashtirish» 14.00.04 – Otorinlaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1949.
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Xurram Esankulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Panaxian Vafa Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Azerbayjan)
Yetakchi tashkilot: Otorinolaringologiya milliy markazi FMBA (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: galoterapiya yordamida suv va elektrolitlar almashinuviga ta’sir qilish orqali endolimfatik gidropslarning tashxisini va Men`er kasalligini davolashni makbullashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqot Men`er kasalligining turli bosqichlarida suv-elektrolitlar almashinuvining o‘zgarishi, uning holati va kasallikning rivojlanish xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
Men`er kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda kompensatsiya rivojlanishining to‘liqligini baholash, kasallikning kechishini bashorat qilish va terapevtik taktikani aniqlash uchun suv-elektrolitlar almashinuvini nazorat kilish zarurligi asoslangan;
ilk bor ishlab chiqilgan maxsus dasturga ko‘ra, Men`er kasalligida galoterapiya va stabilometriyani platformani qo‘llashning yuqori samaradorligi isbotlangan;
ilk bor Men`er kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda, endolimfatik gidropslarning qaytariladigan va qaytarib bo‘lmaydigan bosqichlarini aniqlash uchun diagnostik test afzalligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalariga asoslanib, Men`er kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda erta tashxis qo‘yish va davolash usullarini takomillashtirishga asosida:
Men`er kasalligini tashxislash va davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Men`er kasalligi bo‘lgan bemorlarda funksional kompyuter stabilometriyani qo‘llash" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 8n-r / 981-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma Men`er kasaligi bilan og‘rigan bemorlarni davolash usullarini optimallashtirishga imkon bergan;
Men`er kasalligini tashxislashning takomillashtirilgan usulini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Men`er kasalligi bilan og‘rigan bemorda vestibulyar analizatorni o‘rganishda tashxislovchi algaritm” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 8n-r/981-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma 2018-2021 yillar davomida o‘tkazilgan statistik tadqiqotlar asosida Men`er kasaligi bilan og‘rigan bemorlarni tashxikotlash va davolash usullarini yanada takomillashtirish imkonini yaratgan;
Men`er kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni erta tashxislash va davolashning takomillashtirilgan usullarini optimallashtirish va takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Navoiy viloyat tibbiy ko‘p tarmoqli markazi, Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘ptarmoqli klinikasi otorinolaringologiya bo‘limi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘lig‘ni saqlash vazirligining 2022 yil 8 avgustdagi 08-23140-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish natijasida Men`er kasalligini erta tashxislash va kasallikning qaytalanishining oldini olish yaxshilandi, bu esa bemorlarni davolash sifatini oshirish imkonini bergan.