Berdanov Erkin Xamraqulovichning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani titilishi va  qizish temperaturasini optimallashtirish hisobiga tozalash samaradorligini oshirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1333
Ilmiy rahbar: Parpiev Azimdjan, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Q. Jumaniyazov, texnika fanlari doktori, professor; O.Sarimsaqov texnika fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani titilishi va issiqlik-namlik holatini yaxshilash hisobiga tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iflosliklardan tozalash uskunasiga paxta namligi va haroratini tozalash jarayonida boshqarish imkonini beruvchi issiq havo uzatish orqali takomillashtirilgan ta’minlagich ishlab chiqilgan;
paxtani maksimal titilgan va elementar bo‘laklarga ajralgan holda uzatish imkonini beruvchi ta’minlovchi valiklar oraliq mosafasi aniqlangan;
ta’minlagichni loyihalashda kerakli o‘lchamlarni hisoblash imkoniyati beruvchi paxta va havo oqimining geometrik va mexanik xarakteristikalari uchun bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;
ta’minlovchi valiklar bilan qoziqchali barabanlar o‘rtasidagi masofani kichik kvatratlar usuli yordamida qurilgan regressiya tenglamalarini tahlili asosida tozalash samaradorligini oshiruvchi ratsional qiymatlari aniqlangan;
paxtani qoldiq iflosligini boshqarish maqsadida tozalash samaradorligi va qoldiq ifloslik bilan havo va paxta harorati hamda tozalagichni ish unumdorligi o‘rtasidagi bog‘lanishlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani titilishi va  qizish haroratini optimallashtirish xisobiga tozalash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani titilishi va qizish haroratini muqobillashtirish hamda ta’minlovchi uskunaning asosiy texnologik ko‘rsatkichlarini ratsional qiymatlarini aniqlash hisobiga tozalash samaradorligi yuqori bo‘lgan uskuna «Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining» tasarrufiga kiruvchi  «Real agro cotton» UK hamda Paxtaobod paxta tozalash korxonasida tadbiq etilgan.   (Paxta-to‘qimachilik klasterlar uyushmasining 2022 yil 02/22-297 sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxtani tozalash samardorligi 5,52 % ga oshgan, tola sifati yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish