Fazilbekova Gavhar Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bronxial astmasi bo‘lgan bolalarda tish-jag‘ anomaliyalari diagnostikasi, profilaktikasi va davolashni takomillashtirish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1735.
Ilmiy rahbar: Gafforov Sunnatullo Amrulloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04.30.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ruzuddinov Nurmuxamet Saurbekovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Qozog‘iston); Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi “Stomotologiya va yuz-jag‘ jarrohlik ilmiy-klinik instituti” davlat muassasasi (Tojikiston Republikasi). Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bronxial astma bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlar orasida tug‘ma va ortirilgan yuz-jag‘ nuqsonlarini tashxislash, oldini olish va turli ortodontik moslamalarni qo‘llaganda, maxalliy va tizimli moslashuv-kompensatsion holatini inobatga olgan holda davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bronxial astma bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlarda tish qattik to‘qimasining karies va nokaries kasalligi, parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari ko‘p sonli va og‘ir klinik shakli kuzatildi, tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyalari surunkali bronxial astma bilan og‘rigan bolalarda og‘ir va xavfli ko‘rinishda kechishi orasida uzviy bog‘liqlik asoslangan;
ilk bor bronxial astma bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlar yuz-jag‘ to‘qimalarida surunkali gipoksiya, yog‘lar parchalanishining oqsashi, proteaza faolligi va gormondagi salbiy o‘zgarishlar og‘iz suyuqligida patogen mikroblarini ko‘paytirishi, tishni demineralizatsiyalanishiga, immunitetni pasayishiga va oqibati karies, parodont kasalliklarini keltirib chiqarishi isbotlangan;
ilk bor bronxial astma bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlar orasida tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyalarini davolash samaradorligini olib qo‘yilmaydigan ortodontik moslamalar yordamida mahalliy to‘qimada gipoksiya va oksidlanishiga salbiy ta’sirining minimallashtirilishi bilan asoslangan;
ilk bor bronxial astma bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlar orasida alveolyar soha yumshoq to‘qimasi proliferatsiyasini yaxshilash uchun tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyalarida olinmaydigan ortodontik kurilmaning kullanilishidagi samarasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tekshirilgan bolalar va o‘smirlar orasida bronxial astma bilan og‘riganlarda tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyasining shakllanishi, diagnostikasi va davolashda olingan ilmiy natijalar asosida:
bronxial astma fonida shakllanayotgan yuz-jag‘ tizimi anomaliya va deformatsiyalarini tashxislash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bronxial astma fonida shakllanayotgan yuz-jag‘ tizimi anomaliya va deformatsiyalarini tashxislashda yangicha yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9-dekabrdagi 8n-r/1212-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bronxial astmali tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyasi aniqlangan bolalarda tashxislash va davolashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;
bronxial astma fonida shakllangan tish-jag‘ tizimi deformatsiyalarini davolashbo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bronxial astma fonida shakllangan tish-jag‘ tizimi deformatsiyalarini davolashda olib kuyiladigan va olinmaydigan ortodontik moslamalardan foydalanishda ko‘rsatmalar va afzalliklar” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9-dekabrdagi 8n-r/1234-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bronxial astmali tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyasi aniqlangan bolalarda tashxislash va davolashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;
bronxial astmasi bo‘lgan bolalarda tish-jag‘ anomaliyalari diagnostikasi, profilaktikasi va davolashni takomillashtirish natijalar amaliy sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasida; Toshkent viloyati Chirchiq shahar bolalar stomatologik poliklinikasida; amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 martdagi 8n-d/120-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotiga joriy qilish BA bilan kasallangan bolalar va o‘smirlar orasida kasallikning erta tashxislash imkoniyatini, ortodontik moslamalardan foydalanib maxalliy davolashda somatik kasallikning xususiyatlariga aloxida e’tibor berishni, ortodontik moslamalarning qiska muddatdli samarali, xamda arzon konstruksiyalarini tanlash orqali xarajatlarni kamaytirishga, bemorlarda xayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.