Norqulov Ma’sudjon Ma’rufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zarafshon daryosi o‘rta oqimi havzasi lishayniklari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/B598.
Ilmiy rahbar: Haydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Kudratov Imomnazar, biologiya fanlari doktori, professor; Toshpulatov Yigitali Shavkatillaevich, biologiya fanlari buyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon daryosining o‘rta oqimi havzasi lixenoflorasining turlar tarkibini aniqlash va ularning eko-senotik - geografik xususiyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon daryosi o‘rta oqimi havzasida 3 sinf, 13 tartib, 23 oila va 57 turkumga mansub 102 tur lishayniklar aniqlangan.
Zarafshon daryosi o‘rta oqimi havzasida O‘rta Osiyo lixenoflorasi uchun 22 ta yangi turlar aniqlangan;
Zarafshon daryosi o‘rta oqimi havzasi floristik, ekologik va geografik jihatdan 6 ta lokal lixenofloralarga ajratilib, ularning shakllanish xususiyatlari ochib berilgan.
lixenoflora tarkibidagi indikator turlar (Rhizoplaca chrysoleuca (Sm.) Zopf. va Dermatocarpon miniatum (L.) Mann.) da radionuklidlar miqdorini aniqlash hamda hududlarning atmosfera havosini biomonitoring qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zarafshon daryosi o‘rta oqimi havzasi lishayniklari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Zarafshon daryosi o‘rta oqimi havzasidan aniqlangan 102 tur lishayniklarning tarqalishi, ekologik va geografik xususiyatlarini aks ettiruvchi konspekti, lixenoflora tarkibidagi O‘rta Osiyo uchun 22 ta yangi turlarning GAT xaritalari Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 01 iyundagi 03-02/7-1409-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rganilgan hududdagi lishayniklarning turlar ro‘yxatini tuzish, tarqalish areallarini aniqlash hamda monitoring qilish imkonini bergan;
atmosfera havosi tarkibini biomonitoring qilishda Rhizoplaca chrysoleuca (Sm.) Zopf. va Dermatocarpon miniatum (L.) Mann. larning radionuklidlar (232Th, 226Ra, 40K, 137Cs, 7Be) tarkibi va miqdori Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 01 iyundagi 03-02/7-1409-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlar atmosfera havosi tarkibidagi radionuklidlar miqdorini aniqlash hamda ruxsat etilgan me’yorlarini nazorat qilish imkonini bergan;
lixenoflora tarkibida daraxtlar po‘stlog‘ida yashab, ularning hayotiy jarayonlariga salbiy ta’sir etuvchi 15 tur epifit lishayniklar aniqlangan, bu turlarni ta’sir doirasi belgilangan hamda qarshi kurash chora-tadbirlari Urgut tumani ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 26-maydagi 04/21-2372-son ma’lumotnomasi). Natijada, daraxtlar po‘stlog‘idagi zararkunandalarning rivojlanishi oldi olingan, yosh novdalarning o‘sish-rivojlanishi yaxshilangan hamda o‘rmon xo‘jaliklari hududidagi daraxtlarni sog‘lomlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish