Kurbanova Nodira Isomitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ipak ishlab chiqarish korxonalari ishchilarida stomatologik kasalliklar profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1554.
Ilmiy rahbar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurova Umida Abdurasulovna tibbiyot fanlari doktori (DSc); Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: FDB OKTM Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ipak ishlab chiqarish korxonasi ishchilarida stomatologik kasalliklar uchrash darajasini qiyosiy aniqlash va profilaktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ipak ishlab chiqarish korxonasi ishchilarida stomatologik kasalliklardan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va parodont kasalliklarining uchrash darajasi ishonarli ravishda yuqoriligi aniqlangan hamda ular miqdori korxona ishchilari ish staji oshishi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
ipakchilik korxonasi ishlab chiqarish xavf-xatarlari ta’sirida shu korxona ishchilari og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy immunitet omillari miqdoriy parametrlarining ishonarli pasayishi shu biotopda disbiotik o‘zgarishlar kelib chiqishi, stomatologik patologiyalar ko‘payishiga olib kelishi aniqlangan;
ipak ishlab chiqarish korxonasi ishchilariga ko‘rsatilayotgan stomatologik yordamni optimallashtirish maqsadida stomatologik xizmatni amalga oshirish reglamentining algoritmi ishlab chiqilgan;
ipakchilik korxonasida ishlab chiqarish xavf-xatarlarining ishchilar organizmiga salbiy ta’sirini kamaytirish barobarida, og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy immunitetini korreksiya qilish, shu biotop disbioziga barham berish, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va parodont to‘qimalari patologiyasini kamaytirishga yo‘naltirilgan stomatologik kasalliklar profilaktikasi optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ipak ishlab chiqarish korxonalari ishchilarida stomatologik kasalliklar profilaktikasini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
ishchilar orasida stomatologik kasalliklarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ipak yigiruv korxonalari ishchilari orasida stomatologik kasalliklarni aniqlash va stomatologik xizmatni amalga oshirish reglamenti algoritmini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 8n-d/51-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma ipak yigiruv korxonalari ishchilari orasida stomatologik kasalliklarni aniqlash, shu korxonada stomatologik xizmatni amalga oshirish reglamenti algoritmini ishlab chiqish imkonini bergan;
ipak ishlab chiqarish korxonalari ishchilarida stomatologik kasalliklar profilaktikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashga amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Vobkent tuman stomatologiya poliklinikasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi klinik faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 8n-d/51-son ma’lumotnomasi). Bunda shu hududlardagi korxonalar ishchilari orasida stomatologik kasalliklar profilaktikasi takomillashtirilganligi hisobiga ishchilar orasida stomatologik kasallanish sezilarli pasayishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish