Valieva Gulshan Fayzimuradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mineral xomashyolar va sanoat chiqindisi asosida kompozision elektrokeramika materiallarning tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3001.
Ilmiy rahbar: Tulyaganova Vasila Sunatillaevna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Eminov Ashrap Mamurovich, texnika fanlari doktori, professor; Begjanova Gulrux Baxtiyarovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mineral xomashyolar va sanoat chiqindisi asosida kompozision elektrokeramika materiallarning tarkibi va olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozision elektrokeramika materiallarining tarkibiy qismlarni yanada mayda qilib maydalash va past haroratda pishirishga asoslangan energiyatejamkor texnologiya ishlab chiqilgan;
tarkibida glinozem bo‘lgan sanoat chiqindisining kimyoviy, mineralogik tarkibi va xossalari aniqlangan va ulardan elektrokeramika materiallari ishlab chiqilgan;
leykokratli granit, dolomit va glinozemli chiqindilardan foydalanib, fizik-mexanik xossalari yaxshilangan va pishish harorati past bo‘lgan elektrokeramika materiallari ishlab chiqilgan;
kompozision massa namunalarini turli xaroratlarda pishirish vaqtida tarkib-maydalash-tuzilish-xossa sistemasida faza hosil bo‘lish jarayoni aniqlangan;
sintez qilinayotgan material tarkibida mullit, kvars, kristobalit va kristal shaklidagi yangi hosil bo‘lgan minerallar mavjudligi hamda ular orasidagi bo‘shliqni to‘ldiradigan shishasimon faza borligi asoslangan;
mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindisi asosida elektrokeramika namunalarining pishish haroratining pasayishi, keramik-texnologik va dielektrik xossalariga bog‘liq ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mineral xomashyolar va sanoat chiqindisi asosida kompozision elektrokeramika materiallarning tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektrokeramik kompozision materiallarni tayyorlashning energiya tejamkor samarali texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJ «NMvaQQ» IIChB sharoitida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 24 avgustdagi AA/006433-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektrokeramika materiallarini pishirish harorati etalon massaga nisbatan 500S ga kamaytirish hamda yonilg‘i energetik resurslarni tejash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan texnologiya asosida mahalliy xom-ashyo va glinozem tarkibli sanoat chiqindilaridan kompozision elektrokeramik materiallar «Olmaliq KMK» AJ «NMvaQQ» IIChBda joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 24 avgustdagi AA/006433-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoatning xom-ashyo bazasini kengaytirish va tayyor mahsulotning tannarxini 23% ga kamaytirish imkonini bergan;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida kompozision elektrokeramik materiallarni olish uchun texnologik reglament tasdiqlangan (TR–40.4–14952796–08:2021) («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 24 avgustdagi AA/006433-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompozision elektrokeramika materiallarini chetdan import qilishni kamaytirish imkonini bergan.