Aytimbetov Seyilbek Rzabekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xomaki mahsulot va ip strukturasini yaxshilash asosida pnevmomexanik ip yigirish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.3.RhD/T.1645.
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Kadam, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc 30/30.11.2021.T.141.01
Rasmiy opponentlar: Avezov Komil Raxmatovich texnika fanlari doktori, dotsent; Axmedov Akmal, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi piltalash mashinasida yangi konstruksiyali cho‘zish qurilmasidan foylanishda yigirilgan ipning sifatini yaxshilash asosida mahsulot raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piltalash mashinasida piltalarni cho‘zish qurilmasini modernazatsiya qilish va pnevmomexanik yigirish usulida olingan ipni fizik-mexanik xossalari aniqlangan;
piltalash mashinasinig cho‘zish qurilmasiga ta’sir etuvchi kuchlarni inobatga olgan holda piltalash mashinasi parametrlarini hisoblash tenglamalari, optimallashtirish parametrlari, tenglamalar koeffisentlarining ahamiyatini baholash St`yudent mezoni bo‘yicha amalga oshirish ishlab chiqilgan;
ta’minlanayotgan piltalarni ingichkalanish jarayonida cho‘zish asbobiga o‘rnatilgan silindrlarning diametri, birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi silindrlar orasidagi masofa, silindr o‘qiga nisbatan burchak ostida yo‘naltirilgan o‘yiq chiziqli riflyalar bo‘yicha pilta tuzilishining notekislik qonuniyati ishlab chiqilgan;
ipning uzilishdagi solishtirma uzilish yuki va cho‘zilishining ortishida, uzilish kuchi va ko‘ndalang kesimidagi o‘zgarish koeffisientilarining kamayishini optimallashtirish parametrlari uchun regressiya tenglamalari orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Piltalash mashinasida yangi konstruksiyali cho‘zish qurilmasidan foylanishda ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
pnevmomexanik yigirish mashinasi “Boston Mega Tekstil” MChJ korxonasida joriy qilingan (joriy qilish dalolatnomasi 11-18 may kunlari 2022 yil). Tadqiqot natijalari 50301 riflyan burchakli silindrlarning afzaliklari isbotlangan. Piltalash mashinasining piltani cho‘zish maslomasidagi eng optimal sozlash parametrlarni keyingi juftliklarda cho‘zish E 1,34, bosim valiklarga yuk -320 N qullanilishi piltaning qisqa va uzun qirqimlaridagi notekisliklarni 20-25%, kamaytiradi, tolalarning tug‘rilanishi va yo‘nalishi 8%, (76%) gacha to‘g‘rilanadi. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 13 iyun`dagi №03/25-1876-sonli ma’lumotnomasi). natijada ip ishlab chiqarish jarayoni barqarorlashadi, hamda yigirish dastgohlaridagi uzilishlar soni soatiga 1000 ta rotorga 62% dan 44 gacha 29 %ga kamaygan.