Xo‘janazarova Mo‘’tabar Qo‘shoqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sho‘rlangan tuproqlar unumdorligini oshiruvchi «Zamin-M» biopreparatini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V432.
Ilmiy rahbar: Murodova Sayyora Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abduxalikovich, biologiya fanlari doktori, professor; Toxirov Baxtiyor Baxshulloevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sho‘rlangan tuproqlar unumdorligini oshiruvchi «Zamin-M» biopreparatini Gipan flokulyanti bilan immobillangan quruq kukun shaklini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sho‘rlanish stressini imitatsiya qiluvchi chidamli Gipan reagentidan flokulyant sifatida foydalanishda rizobakteriyalarning 3 xil assotsiatsiyasining ko‘p miqdordagi biomassasi olingan;
ilk bor Gipan reagentiga «Zamin-M» biopreparatini tashkil etuvchi rizobakteriya shtammlari (Pseudomonas stutzeri SKB 308, Bacillus megaterium SKB 310, Bacillus subtilis SKB 309) immobillangan;
immobillangan hujayralarning stimulyatorlik va antogonistik xususiyatlari aniqlangan;
immobillangan hujayralarning yashovchanligi va funksional xususiyatlari aniqlangan;
«Zamin-M» biopreparatining flokulyant bilan immobillangan quruq preparativ shaklini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sho‘rlangan tuproqlar unumdorligini oshiruvchi «Zamin-M» biopreparatini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Bacillus subtilis CKB-309, Bacillus megaterium SKB-310 Pseudomonas stutzeri-308 shtammlari asosida shakllantirilgan “Zamin-M” mikrobli biopreparatining Gipan flokulyanti bilan immobillangan quruq kukunli yangi shaklini paxtachilikda qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi 02/022-3796-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za ekinining sho‘rlanishga chidamliligi, o‘sishini tezlashtirishi, hosildorligi oshishi, sho‘rlangan tuproqlarning unumdorligini oshirish imkonini bergan;
sho‘rlangan erlarda g‘o‘za  hosildorligini oshirishda “Zamin-M” mikrobli biopreparatining quruq kukun shakli Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani SIUga “Tursumat G‘ulomov” fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonlarida joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi 02/022-3796-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning Oqdaryo-6, Anboyovut navlarining rivojlanishi yaxshilangan, hamda hosildorlik gektariga 32,8 s/ga ga oshishi imkonini bergan;
“Zamin-M” mikrobli quruq biopreparati Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani SIUga “Tursumat G‘ulomov” fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi 02/022-3796-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq unumdorligini yaxshilash hamda yuqori sifatli g‘o‘za etishtirish texnologiyasi takomillashtirilgan,  iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish