Karimov Muxammadali Abduxoliqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i gemangiomalarini turli spektral diapazondagi IQ-lazerlar bilan davolashning solishtirma samaradorligi», 14.00.21–Stomatologiya, 14.00.14–Onkologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib575.
Ilmiy rahbarlar: Sadikov Rasul Rustamovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Mamarasulova Dilfuzaxon Zakirjanovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02
Rasmiy opponentlar: Abdukodirov Abdusalom Abdukodirovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Djuraev Mirjalol Dexkanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Graysvald Universiteti (Germaniya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi infraqizil lazer qurilmasining turli to‘lqin diapazonli nurlari yordamida og‘iz bo‘shlig‘i gemangiomalarini kompleks davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
infraqizil ul`traqisqa diapazonli lazer nurlari yordamida to‘qimalarni destruksiyaga uchratishga asoslangan og‘iz bo‘shlig‘i gemangiomalarini davolash usuli takomillashtirilgan;
og‘iz bo‘shlig‘i gemangiomalarida davolash natijalariga ta’sir qiluvchi davolash taktikasini tanlashning eng muhim mezonlari aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i gemangiomalari va uning asoratlargan turlarini davolashda infraqizil yuqorienergetik diapazonli lazerlar qo‘llashga asoslangan davolash usuli ishlab chiqilgan;
og‘iz bo‘shlig‘i gemangiomalarini tashxislash va davo taktikasini tanlashda o‘smaning rivojlanish bosqichini inobatga olgan holda davolash usulini tanlashga yondashuv asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i gemangiomalarini davolash va profilaktikasi chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
og‘iz bo‘shlig‘i gemangiomalarini erta tashxislash va oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida “Og‘iz bo‘shlig‘i gemangiomalari tashxisotining zamonaviy yo‘llari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 avgustdagi 08-23141 - son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar og‘iz bo‘shlig‘i gemangiomalarini erta tashxislash va oldini olishga, kasallik qaytalanishini kamaytirishga, shu bilan birga ijobiy natijalarga erishish va bemorlarning ambulator sharoitda davolashga imkon imkon bergan;
tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali va Andijon shahar stomatologiya poliklinikasi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 avgustdagi 08-23141 - son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy etish og‘iz bo‘shlig‘i gemangiomasi bilan og‘rigan bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatining qisqarishiga, qon tomir o‘smalarini davolashda chandiqli asoratlar chastotasini kamayishiga, jarrohlik amaliyotini kichik va aniq hajmda amalga oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish