Otamuradov Furqat Abdukarimovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda anorektal nuqsonlarning murakkab va kamyob mintaqaviy shakllari tashxisoti va jarroxlik taktikasini takomillashtirish», 14.00.35- Bolalar jarroxligi (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib526.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSs. 04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Kozlov Yuriy Andreevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Aliev Maxmud Muslimovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Atakulov Jamshed Ostanakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi) 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda anorektal mal`formatsiyaning kam uchraydigan mintaqaviy va murakkab shakllarini jarroxlik yo‘li bilan korreksiyalash natijalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bolalarda anorektal rivojlanish nuqsonolari oraliq va pastki oqmali yara turlarida nuqsonni anatomik shaklining namoyon bo‘lganlik darajasini hisobga olgan holda jarroxlik davolash usuli ishlab chiqilgan (IAP 04995);
bolalarda anorektal nuqsonlarning murakkab va kamyob mintaqaviy shakllari tashxisoti va jarroxlik taktikasini takomillashtirish orqali anorektal anomaliyalarda kolostomiya usuli ishlab chiqilgan (IAP 04798); 
bolalarda ARMning kam uchraydigan mintaqaviy va murakkab shakllarini klinik o‘ziga xosliklari va yordamchi tashxislash usullari  ma’lumotlarni tizimlashtirishda umumiy tuzilmasida 0,3–6,2%ni, mahalliy shakllar orasida esa 1,8–28,2% ni tashkil etishi isbotlangan; 
bolalarda anorektal mal`formatsiyalar birgalikda kuzatiladigan anomaliyalar 65,7%, aloxidalashgan xolati – 55,4%, ko‘p sonli anomaliyalar  - 44,6% holatda qayt qilinishi, anomaliyalar 26,3%da bolalarning umumiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi jarroxlik amaliyotidan keyingi funksional va rezidual buzilishlarni og‘irlashtiruvchi qo‘zg‘atuvchi omil ekanligi isbotlangan; 
yorug‘lik optik va elektron mikroskop yordamida jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarda anomaliyalarni anatomik komponentlarining gistomorfologik o‘zgarishlar, klinik-morfologik va morfofunksional  qiyoslash orqali jarroxlik amaliyotidan keyingi uzoq davrlarda  asoratlarni yuzaga kelish sabablari va funksional buzilishlar isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda anorektal nuqsonlarning murakkab va kamyob mintaqaviy shakllari tashxisoti va jarroxlik taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda anorektal nuqsonlarning murakkab va kamyob mintaqaviy shakllari tashxisoti va jarroxlik taktikasini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan  «Bolalarda anorektal mal`formatsiyaning kam uchraydigan mintaqaviy variantini tashxislash va davolash taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 08-23262-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda anorektal nuqsonlarning nozologik shakllarini differensiatsiyalash, tashxislash samaradorligi va davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
kloakal mal`formatsiyani jarroxlik usuli bilan davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan  «Bolalardagi kloakal mal`formatsiyani tashxislash va davolash taktikasi» nomli  uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 08-23262-son ma’lumotnomasi).  Natijada kloakal mal`formatsiyalardagi tashxislash va jarroxlik aralashuv natijalari samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
bolalarda anorektal nuqsonlarning murakkab va kamyob mintaqaviy shakllari tashxisoti va jarroxlik taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Milliy bolalar tibbiy markazi bolalar jarrohligi bo‘limi Toshkent shahar 2-son bolalar jarroxlik klinik shifoxonasi, Surxondaryo viloyati viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi rejali jarroxlik bo‘limlarining shifoxonalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 08-23262-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi patologiyani tashxislash va jarroxlik usuli bilan davolashga takomillashtirilgan taktik yondoshuvlarni qo‘llash natijasida yo‘ldosh nuqsonlarni aniqlanish ko‘rsatkichi 59,5%dan 66,4%gacha ortishi, umumjarroxlik asoratlar soni 40,9%dan 22,2% gacha, o‘lim bilan yakunlanish holatlari 3,8%dan 0% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish