Mamadjonova Marvarid Qurbonazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sinergetikada tasodif fenomenining konseptual tahlili», 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fal187.
Ilmiy rahbar: Tulenova Karima Jondorovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Sultonova Gulnoza Sabirovna, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sinergetikada tasodif fenomenining ontologik va gnoseologik jihatlarini konseptual qarashlar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
borliqning yaxlitligi, tizimliligida zaruriyat va tasodif birligining aks etishiga oid dialektik qarashlarni makon va zamon bilan  bog‘liq holda tasavvur qilish globalizm, determinizm va temporalizm kontekstida borliqdagi tasodifiy o‘zgarishlarning murakkab manzarasini aks ettirishi ochib berilgan;
taraqqiyot jarayonining nochiziqlik holati va unda zaruriyat va tasodifning bifurkatsiya nuqtalarida ifodalanishining tizim osti elementlariga xos tuzilma sifatida traektoriya va energiya tarqalishiga bog‘liq xususiyatlari asoslangan;
evolyusiya jarayonida tasodifning o‘zgaruvchanligi, paradigmalar o‘zgarishida asos vazifasini bajarishi imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat kategoriyalariga bog‘liqligi hamda zaruriyatning o‘zgaruvchanligi voqelikning eng umumiy aloqadorligini aks ettiruvchi ayrimlik, xususiylik va umumiylik, mohiyat va hodisa, qonuniyat kabi kategoriyalarga asoslanishi ochib berilgan;
zaruriyat va tasodifning o‘zaro aloqadorligi sinergetik jihatdan ochiq va nochiziqli ko‘p elementli bo‘lishi, ular orasidagi evristik asosga ega bo‘lgan g‘oyalar shakllanishi kichik fluktuatsiyalarga, notekis holatga o‘tish bilan bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sinergetikada tasodif fenomening konseptual tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
taraqqiyot jarayonining nochiziqlik holati va unda zaruriyat va tasodifning bifurkatsiya nuqtalarida ifodalanishining tizim osti elementlariga xos tuzilma sifatida traektoriya va energiya tarqalishiga bog‘liq xususiyatlari haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan ish rejasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 28 maydagi 02-02/1413-son ma’lumotnomasi). Natijalar oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish kabi vazifalar ijrosiga xizmat qilgan;
evolyusiya jarayonida tasodifning o‘zgaruvchanligi, paradigmalar o‘zgarishida asos vazifasini bajarishi imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat kategoriyalariga bog‘liqligi hamda zaruriyatning o‘zgaruvchanligi voqelikning eng umumiy aloqadorligini aks ettiruvchi ayrimlik, xususiylik va umumiylik, mohiyat va hodisa, qonuniyat kabi kategoriyalarga asoslanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2021 yil 27 oktyabrdagi 552-son ma’lumotnomasi). Natijalar uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish, aholining ekologik madaniyati darajasini yuksaltirish, ularda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini  shakllantirishga xizmat qilgan;
zaruriyat va tasodifning o‘zaro aloqadorligi sinergetik jihatdan ochiq va nochiziqli ko‘p elementli bo‘lishi, ular orasidagi evristik asosga ega bo‘lgan g‘oyalar shakllanishi kichik fluktuatsiyalarga, notekis holatga o‘tish bilan bog‘liqligi oid nazariy hamda amaliy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 15 iyundagi 02/02/1082-son ma’lumotnomasi). Natijalar Yangi O‘zbekiston istiqbolidagi ahamiyatga doir falsafiy xulosalar va takliflarni ishlab chiqish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
borliqning yaxlitligi, tizimliligida zaruriyat va tasodif birligining aks etishiga oid dialektik qarashlarni makon va zamon bilan  bog‘liq holda tasavvur qilish globalizm, determinizm va temporalizm kontekstida borliqdagi tasodifiy o‘zgarishlarning murakkab manzarasini aks ettirishiga oid qarashlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 19 noyabrdagi 01-40-1752-son ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarning tasodif, tasodif to‘g‘risidagi tasavvurlar evolyusiyasi, borliq, ijtimoiy borliq, borliqdagi beqaror va barqaror munosabatlar to‘g‘risidagi bilimlari oshishiga, kishilararo ijtimoiy barqaror munosabatlar ta’minlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish