Qarshiev Otabek Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt715.
Ilmiy rahbar: Ishonqulov Nizomjon Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shennaev Xo‘jayor Musurmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta kompaniyalarida sug‘urta zaxiralarini qarz kapitaliga nisbati 2,5 koeffisientdan katta bo‘lishi zararsizlikning normativ chegarasi sifatida taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalari aktivlarini diversifikatsiyalashda majburiy sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyotini bekor qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarida hayot sug‘urta faoliyat qismi uchun hisoblanadigan foyda solig‘ining belgilangan stavkasini 50 foizga kamaytirish taklif etilgan;
zararsizlikning normativ chegarasini belgilash, sug‘urta polislarini elektronlashtirish va foyda solig‘i stavkasini kamaytirishning cug‘urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
sug‘urta kompaniyalarida sug‘urta zaxiralarini qarz kapitaliga nisbati 2,5 koeffisientdan katta bo‘lishi zararsizlikning normativ chegarasi sifatida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga kiritilgan (“Uzinsurance”aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 16 martdagi 01-07/633-son ma’lumotnomasi va “Trust insurance” sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 23 noyabrdagi 01/01-220-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida milliy sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy holatini baholashni samarali mexanizmi ishlab chiqilgan;
sug‘urta kompaniyalari aktivlarini diversifikatsiyalashda majburiy sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga kiritilgan (“Uzinsurance”aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 16 martdagi 01-07/633-son ma’lumotnomasi va “Trust insurance” sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 23 noyabrdagi 01/01-220-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida “Uzinsurance”aksiyadorlik jamiyatining 12,8 mingdan oshiq sug‘urta polislari elektron shaklda rasmiylashtirilgan;
hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarida hayot sug‘urta faoliyat qismi uchun hisoblanadigan foyda solig‘ining belgilangan stavkasini 50 foizga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga kiritilgan (“Uzinsurance”aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 16 martdagi 01-07/633-son ma’lumotnomasi va “Trust insurance” sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 23 noyabrdagi 01/01-220-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida sug‘urta kompaniyalarida hayot sug‘urta faoliyat qismi uchun hisoblanadigan foyda solig‘ining belgilangan stavkasini 50 foizga kamaytirilgan;
zararsizlikning normativ chegarasini belgilash, sug‘urta polislarini elektronlashtirish va foyda solig‘i stavkasini kamaytirishning cug‘urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan (“Uzinsurance”aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 16 mart dagi 01-07/633-son ma’lumotnomasi va “Trust insurance” sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 23 noyabrdagi 01/01-220-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi sug‘urta xizmatlari bozorida faoliyat olib boruvchi kompaniyalarning moliyaviy barqaror rivojlanish darajasini aniqlash, moliyaviy samaradorlikning mo‘tadil darajasidan qanday uzoqlikda ekanligini bilish hamda buning yordamida kompaniya moliyaviy holati barqarorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan.