Jalalova Vazira Zamirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Moddalar almashinuvi uchun javobgar genlar polimorfizmini hisobga olgan holda yunior va kadet sportsmenlarning antropometrik fenotip xususiyatlari va psixofiziologik xarakteristikasi», 14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1313.
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Zafar Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yulchiev Sunnatilla Tuychibaevich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: antropometriya parametrlarini, yosh sportchilar va kadetlarning psixofenotiplarini aniqlash va baholash, ADRB2 va ADRB3 genlarining allel-genotipik variantlari bilan o‘zaro munosabatlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori malakali suzuvchi sportchilarda genetik o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlarni sport bilan shug‘ullanmaydigan shaxslarning genotipi bilan taqqoslash amalga oshirilgan;
suzish bilan shug‘ullanadigan hamda sport bilan shug‘ullanmaydigan kadet va yuniorlarda ADRB2 va ADBR3 allel-genotip genlarining uchrash darajasi aniqlangan;
turli antropometrik ko‘rsatkichlarda sport genlarining allel va genotip o‘zgarishlari, psixofiziologik xususiyatlari hamda ularning sport bilan shug‘ullanmayotganlarga bog‘liqligi isbotlangan;
yunior va kadet suzuvchilar hamda sport bilan shug‘ullanmaydiganlar orasida boshlang‘ich sport mashg‘ulotlari va sportni takomillashtirish bosqichlarida suzish mashg‘ulotlariga moyillikni aniqlaydigan antropometrik, psixofiziologik, funksional va genetik xususiyatlarga asoslangan kompleks yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moddalar almashinuvi uchun javobgar genlar polimorfizmini hisobga olgan holda yunior va kadet sportsmenlarning antropometrik fenotip xususiyatlari va psixofiziologik xarakteristikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori malakali suzuvchi sportchilarda ADRB2 va ADBR3 allel-genotip genlarining uchrash darajasini tadqiq etish hamda ushbu genetik tadqiqotlarning ularning antropometrik ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yosh sportchilarda genetik polimorfizimni hisobga olgan holda antropometrik fenotiplar va psixofiziologik xususiyatlarni aniqlash dasturi samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 oktyabrdagi 8n-r/380-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma suzish sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilar orasida istiqbolli sportchilarni ajratish imkonini bergan;
turli antropometrik ko‘rsatkichlarda sport genlarining allel va genotip o‘zgarishlari, shuningdek, suzuvchi kadet va o‘smirlarning psixofiziologik xususiyatlari hamda ularning sport bilan shug‘ullanmayotganlarga nisbatan ish faoliyatining yuqoriligi va samaradorligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Morfofunksional mezonlar bo‘yicha kadet va o‘smir sportchilarni tanlab olish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 oktyabrdagi 8n-r/380-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yosh sportchilar jismoniy tayyorgarligi samaradorligi va sifatini oshirishga imkon bergan;
Moddalar almashinuvi uchun javobgar genlar polimorfizmini hisobga olgan holda yunior va kadet sportchilarning antropometrik fenotip xususiyatlari va psixofiziologik tasnifini baholash natijasida olingan ilmiy natijalar tibbiyot amaliyotiga, jumladan, Buxoro shahridagi 1-sonli BO‘SM, Buxoro shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabi va Buxoro bolalar va o‘smirlar sport maktabi amaliy faoliyatiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 23 maydagi 08-13926-son ma’lumotnomasi). Natijada yunior va kadet sportchilarning antropometrik fenotip xususiyatlari va psixofiziologik tavsifini baholashda ularning genetik omillarini hisobga olish ularning suzish qobiliyatini rivojlantirishi, o‘smirlarning taktik-texnik faoliyatini oshirishi va o‘yin natijalarini yaxshilash imkonini bergan.