Ismanov Muhammadziyo Abdusamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta g‘aramlarining temperaturalarini avtomatik ravishda nazorat qilib, o‘lchab turuvchi “SCADA” tizimini yaratish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.PhD/T1959.
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamatov Alisher Zununovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta g‘aramlarining temperaturalarini avtomatik ravishda nazorat qilib, o‘lchab turuvchi “scada” tizimini yaratish orqali paxta tolasi sifatini saqlab qolishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
g‘aramda saqlanuvchi paxta xomashyosidagi nostatsionar issiqlik oqimini tarqalish jarayonini ifodalovchi matematik model olingan hamda harorat o‘zgarishining eng faol bo‘lgan gorizontal va vertikal qatlam tekisliklaridagi nuqtasi matematik modeldan foydalanib aniqlangan;
paxta g‘aramlaridagi haroratni aniqlovchi mavjud usullardan farqli bo‘lgan SCADA tizimini yaratish uchun dasturlanuvchi kontroller loyihalangan va topologik mikrosxemasi analog raqamli o‘zgartirgich, signallarni fil`trlash mikrochipi va asosiy boshqaruv mikrochip va izolatsiya blokidan  foydalanib ishlab chiqilgan;  
yangi issiqlik o‘lchash tizimini yaratish uchun dasturlash tizimidan foydalanib algoritm tuzilgan va ijrochi qurilmani ishlashini  tekshirish uchun PID rostlash jarayoni orqali modellashtirilgan;
g‘aramlardagi paxta haroratini aniqlab monitoring qiluvchi, inson omili ishtirokini kamaytirib jarayon uzluksizligini ta’minlovchi, mexatronik qurilma yordamida nazorat qilinadigan yangi Simp Light SCADA dasturi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Paxta g‘aramlarining temperaturani avtomatik ravishda nazorat qilib, o‘lchab turuvchi “SCADA” tizimini yaratish” bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
paxta g‘aramlarda vaqtincha saqlanuvchi paxta xomashyosidagi haroratni kontaktli va kontaktsiz nazorat qilish, o‘lchashni taminlovchi avtomatik qurilmasi “Namangan paxta teks” MChJga qarashli Kosonsoy paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston Paxta-To‘qimachilik klasterlari uyushmasi” ning 2021 yil 06 dekabrdagi 02/22-355 sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosini qizib ketish jarayoni o‘z vaqtida aniqlash hisobiga tolalarni dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish