Xasanova Xusnoraxon Faxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektr energetikasi tarmog‘idagi korxonalarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq investisiyalar hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.Phd/Iqt1015.
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Akrom Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hotamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi elektr energiyasi tarmog‘idagi korxonalarda moliyaviy hisobotning halqaro standartlariga muvofiq investisiyalar hisobini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatiga «Ta’sir ostidagi tashkilotlar va qo‘shma korxonalarga kiritilgan investisiyalar» normasini kiritish orqali investisiyalar hisobini xalqaro hisob standartlariga muvofiqlashtirish taklif etilgan;
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini tahlilining deskriptiv modeliga balans tizimi, hisobotga tahliliy yozma ma’lumotlarni kiritish orqali aktivlarining rentabelligi va likvidliligini 8-10 foizgacha oshirish imkoniyati aniqlangan;
0650 «Ta’sir ostidagi tashkilotlar», 0660 «Qo‘shma nazorat qilinadigan korxonalarga investisiyalar» ishchi schyotlarini kiritish orqali hisob siyosatining tarkibiy tuzilishi takomillashtirilgan;
qayta baholash zaxirasi, zayomlar, debitorlik qarzlari, ta’sir ostidagi tashkilotlarga investisiyalar balans moddalari qo‘shish orqali konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tarkibi hamda investisiyalar hisobining axborot bilan ta’minlash imkoniyatlari ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elektr energiyasi tarmog‘idagi korxonalarda moliyaviy hisobotning halqaro standartlariga muvofiq investisiyalar hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatiga «Ta’sir ostidagi tashkilotlar va qo‘shma korxonalarga kiritilgan investisiyalar» normasini kiritish orqali investisiyalar hisobini xalqaro hisob standartlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 24 dekabrdagi 32/4664-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati investisiyalarni jalb etish 5-7 foizga oshishiga erishilgan;
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini tahlilining deskriptiv modeliga balans tizimi, hisobotga tahliliy yozma ma’lumotlarni kiritish taklifi «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv hisobini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 24 dekabrdagi 32/4664-son ma’lumotnomasi). Natijada, «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati investision resurslarni aniqlash, korxonalarning moliyaviy ahvolini bilish, shuningdek, korxonaning moliyaviy barqarorligi va aktivlarining rentabelligi tahlil qilish natijasida umumiy samaradorlik 8-10 foizga oshishiga erishilgan;
0650 «Ta’sir ostidagi tashkilotlar», 0660 «Qo‘shma nazorat qilinadigan korxonalarga investisiyalar» ishchi schyotlarini kiritish bo‘yicha taklifi «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatini ishlab chiqishda o‘z aksini topdi («O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining
2021 yil 24 dekabrdagi 32/4664-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, investisiya kiritgan har bir aksiyadorlik jamiyati korxonalarining yuridik jihatdan farqlanishi, konsolidatsiya perimetri aniq tartib qoidalar asosida ajratilishi takomillashgan hamda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarning taqdim qilinishi natijasida samaradorlik ko‘rsatkichi 7-8 foizga o‘sishga erishilgan;
qayta baxolash zaxirasi, zayomlar, debitorlik qarzlari, ta’sir ostidagi tashkilotlarga investisiyalar balans moddalari qo‘shish orqali konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tarkibi hamda investisiyalar hisobining axborot imkoniyatlari takomillashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatida o‘z aksini topgan («O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 24 dekabrdagi 32/4664-son ma’lumotnomasi). Natijada, MHXS xodimlarining ish aktivligi sezilarli darajada o‘sgan va vaqt sarfi kamaygan, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarning shaffofligi, aniqliligi, tushunarliligi va investisiya jalb etish barqarorligini oshirishga xizmat qilgan.