Akbarxonov Bunyod Jamaliddin o‘glining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurakning yagona qorinchali» nuqsonlari gemodinamik korreksiyasini tashxislash va taktik - texnik aspektlarini optimallashtirish», 14.00.34 – Qon-tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1302.
Ilmiy rahbar: Abralov Xakimjon Qobuljonovich, tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Mansurov Abrol Amirjonovich, tibbiyot fanlari doktori; Asrarov O‘ktam Askarxonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy tashxisot usullarini qo‘llash va xirurgik korreksiya usullarini takomillashtirish orqali yurakning yagona qorincha fiziologiyasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
exokardiografiyaning samaradorligi septal nuqsonlar borasida yuqori sezuvchanlik va umumiy aniqlik bilan tavsiflanishi, angiomorfometriya borasida esa, angiokardiografiyaga nisbatan o‘rtacha korrelyasion bog‘liqlik bilan kuzatilishi aniqlangan;
anastomozni shakllantirish bosqichida uning taranglashishi xamda deformatsiyasini oldini olishga va bu bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar sonini kamaytirishga imkon beruvchi ikki yo‘nalishli kavapul`monal anastomoz qo‘yish usuli takomillashtirilgan,
yurakning yagona qorincha fiziologiyasi korreksiyasining takomillashtirilgan usulini amalga oshirishda gemodinamik samaradorlik intraoperativ va tashrixdan keyingi davrda anastomoz bo‘ylab tezlik xususiyatlari va laminar oqimni yaxshilanishidan iboratligi aniqlangan;
tashrixdan oldingi davrda kardiotorakal indeksning 60% dan ko‘proq oshishi va tashrixdan keyingi davrda uzoq davom etuvchi o‘pkalarning sun’iy ventilyasiyasi o‘limga olib keladigan oqibat ehtimolini sezilarli darajada oshiruvchi prognostik jihatdan noqulay omillar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurakning yagona qorinchasi fiziologiyasi bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Yurakning yagona qorincha fiziologiyasi nuqsonlarini xirurgik korreksiyalash usuli” takomillashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 avgustdagi 08-25694 - son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan takomillashtirilgan usul, anastomoz soxasining taranglashishi va deformatsiyasi xavfini kamaytirish hisobiga, turbulent qon oqimining paydo bo‘lish ehtimolini hamda trombogen asoratlar chastotasini kamaytirishga imkon bergan;
yurakning yagona qorincha fiziologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va xirurgik korreksiyalash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natajalari asosida ishlab chiqilgan “Yurakning yagona qorincha fiziologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va xirurgik korreksiyalashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 avgustdagi 08-25694 - son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar anatomik variant xamda gemodinamik xususiyatlarni hisobga olgan holda yurakning yagona qorincha fiziologiyasi bilan nuqsonlarni korreksiya qilish usulini tanlash va ularga ko‘rsatmalarni optimallashtirishga imkon bergan;
yurakning yagona qorincha fiziologiyasi bilan og‘rigan bemorlarni xirurgi davolash natijalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Milliy bolalar tibbiyot markazi klinikasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 avgustdagi 08-25694 - son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy etish yurakning yagona qorincha fiziologiyasi bilan nuqsonlarni xirurgik korreksiyalashda trombogen asoratlarni kamaytirish va gospital o‘limni 27,5% dan 10% gacha qisqartirish imkonini bergan.