Radjabova Gulchexra Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Komorbidlikdagi o‘pka surunkali obstruktiv kasalligida immunologik indikatorlarning istiqbolli ahamiyati», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2331.
Ilmiy rahbar: Ganieva Shaxzoda Shavkatovna, tibbiyot fanlari buyicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.07.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Tataurshhikova Natal`ya Stanislavovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot:  Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘pka surunkali obstruktiv kasalligida immun yallig‘lanish jarayonini komorbid holatga ko‘ra o‘rganish va istiqbolli mezonlarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta komorbidlikda o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi prognozining immunologik ko‘rsatkichlari aniqlandi: og‘ir o‘pka surunkali obstruktiv kasalligida IL-17A, TNFα va TGFβ sitokinlarining sezilarli darajada yuqori darajasi va o‘pka gipertenziyasida IFNγ darajasining pasayishi asoslangan;
TGFβ darajasining oshishi o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni bronxlarida  patologik o‘zgarishlarni shakllantirishda ushbu sitokinning asosiy rolini aks ettirishi isbotlangan. IFNγ shuningdek, TGFβ (r=0,54) va TNFα (r=0,44) va IL-17A (r=0,32), bilan o‘rtacha ijobiy assotsiatsiyaga ega bo‘lib, bu yuqori profibrotik va yallig‘lanish reaksiyasini ko‘rsatishi asoslangan;
o‘pka surunkali obstruktiv kasalligining kechish og‘irligini baholash va bemorlarni olib borish taktikasini tanlash uchun UASh, terapevtlar va pulmonologlar amaliyotiga “COPD Optimal” dasturi afzalligi isbotlangan;
IL17A oshishi o‘pka gipertenziyasi bilan komorbidlikda kechgan O‘SOK indikatori, TGF-β oshishi o‘pka fibrozi indikatori, TGF-v va IFNg ning birgalikda pasayishi o‘pka gipertenziyasi va o‘pka arteriyasi trombozi indikatori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
komorbidlikdagi o‘pka surunkali obstruktiv kasalligida immunologik indikatorlarning istiqbolli ahamiyati bo‘yicha tadqiqot asosida:
o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlar qonining immunologik, funksional va biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosid ishlab chiqilgan «O‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bo‘lgan bemorlarni olib borish taktikasi va kasallik asoratlarini oldini olish dasturi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 fevraldagi 8N-r/118-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi asoratlarini erta oldini olish va ularni davolash taktikasini o‘z vaqtida tanlash uchun xizmat qilgan;
o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda kasallikni asoratlarini oldini olish dasturi va davolash algoritmini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari amaliy sog‘liqni saqlash sohasiga, jumladan Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazning Buxoro filialida joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 3-martdagi 8N-d/118-son ma’lumotnomasi). Dasturni amaliyotga tadbiq etish natijasida tashxisni tez aniqlash, shuningdek, komrbidlikda kechadigan o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi asoratlarini oldini olish va statsionar davo uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarni kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish