Umirzoqov Ja’sur Artiqboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maxsus iqtisodiy zonalarda investision faollikni oshirish istiqbollari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2009.
Ilmiy rahbar: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kuziev Ravshan Ramazanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi maxsus iqtisodiy zonalarda investision faollikni oshirish istiqbollariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus iqtisodiy zonalarda tadbirkorlik sub’ektlari uchun tarif va notarif imtiyozlarni qo‘llashda «tartibga soluvchi gil`otina» tamoyilidan foydalanish zarurligi asoslangan;
yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida tijorat banklari tomonidan kreditlarni bir yosh tadbirkorlik sub’ektiga bir yo‘la 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yil muddatga taqdim etish taklif etilgan;
davlat investisiya dasturlarida maxsus iqtisodiy zonalarning muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishning moliyaviy ta’minoti bandini kiritish asoslangan;
maxsus iqtisodiy zonalardagi bo‘sh turgan ob’ektlarni investisiya majburiyati asosida «nol`» xarid qiymatida realizatsiya qilish zarurligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Maxsus iqtisodiy zonalarda investision faollikni oshirish istiqbollari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
maxsus iqtisodiy zonalarda tadbirkorlik sub’ektlari uchun tarif va notarif imtiyozlarni qo‘llashda «tartibga soluvchi gil`otina» tamoyilidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida» farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining
2022 yil 11 maydagi 05-10/1096-son va Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 24 maydagi 06-18-04823-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadbirkorlik sub’ektlari uchun qo‘llaniladigan tarif va notarif imtiyozlarni qo‘llash mexanizmi takomillashtirilgan;
yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida tijorat banklari tomonidan kreditlarni bir yosh tadbirkorlik sub’ektiga bir yo‘la 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yil muddatga taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5088-son «Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llabquvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2022 yil 11 maydagi
05-10/1096-son va Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil
24 maydagi 06-18-04823-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar sanoat zonalaridagi investisiya loyihalari uchun umumiy qiymati 899 307 mln. so‘m, shundan, amalga oshirilgan loyihalar uchun 27 770 mln. so‘m, amalga oshirilayotgan loyihalar uchun
270 498 mln so‘m, istiqbolli loyihalar uchun 601 039 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratilishiga erishilgan;
davlat investisiya dasturlarida maxsus iqtisodiy zonalarning muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishning moliyaviy ta’minoti bandini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil
17 fevraldagi «Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi Qonuni bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2022 yil 11 maydagi 05-10/1096-son ma’lumotnomasi). Taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida, investisiya loyihalarini amalga oshirishda infratuzilma tarmoqlari bilan ta’minlashning moliyaviy ta’minotini rivojlantirish orqali maxsus iqtisodiy zonalar investision faolligini oshirishga erishilgan;
maxsus iqtisodiy zonalardagi bo‘sh turgan ob’ektlarni investisiya majburiyati asosida «nol`» xarid qiymatida realizatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 fevraldagi «Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi qonuni bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2022 yil 11 maydagi
05-10/1096-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, maxsus iqtisodiy zonalar investisiya jozibadorligi oshishiga erishilgan.