Rustamova Manzura Mirkamalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasi», 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped237.
Ilmiy rahbar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlash qobiliyatlari shaxsda moslashuvchanlik, tezkorlik, rivojlanish fazilatlari darajasini pedagogik tashxislash orqali aniqlashga qaratilgan o‘qitishning rivojlantiruvchi didaktik imkoniyatlari axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy tafakkurni rivojlantirish modeli o‘quv fanlari orasidagi bog‘lanishlarda originallik, ijtimoiy-shaxsiy, ekstremal va texnologik sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan tahliliy o‘quv materiallarini interpretatsiya qilish orqali individual ta’lim komponentlarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish iqtidor+izlanish+texnologiya=natija” yo‘nalishida ijodiy ish hamda hamfikr va hamkorlik darajasining texnologik va natijaviy-refleksiv komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish mexanizmlari innovatsion-integrativ ta’lim mazmunining tashkiliy tuzilmasi hamda ijodiy faoliyatga tayyorlashning kasbiy sifatlar operatsional texnologik funksiyalarining xususiyatlarini pedagogik refleksiya tamoyillariga o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlash qobiliyatlari shaxsda moslashuvchanlik, tezkorlik, rivojlanish fazilatlari darajasini pedagogik tashhislash orqali aniqlovchi innovsion-proektiv texnologiyalar asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 434-242-son nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy tafakkurni rivojlantirish modeli o‘quv fanlari orasidagi bog‘lanishlarda originallik, ijtimoiy-shaxsiy, ekstremal va texnologik sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan tahliliy o‘quv materiallarini interpretatsiya qilish orqali individual ta’lim komponentlarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 434-242-son nashr guvohnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish iqtidor+izlanish+texnologiya=natija” yo‘nalishida ijodiy ish hamda hamfikr va hamkorlik darajasining texnologik va natijaviy-refleksiv komponentlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 434-242-son nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligi darajasi ortishiga xizmat qilgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish mexanizmlari innovatsion-integrativ ta’lim mazmunining tashkiliy tuzilmasi hamda ijodiy faoliyatga tayyorlashning kasbiy sifatlar operatsional texnologik funksiyalarining xususiyatlarini pedagogik refleksiya tamoyillariga o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 434-242-son nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish