Ishimov Bohodir Amirqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “13-14 yoshli brass usulida suzuvchilarning kuch tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2317.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, PhD.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Musaev Baxrom Baxtiyarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxrat Inoyatovich, biologiya fanlari doktori professor; Sadikov Akbar Gayratovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi brass usulida suzuvchilarning burilishdagi depsinish kuchini innovatsion vosita va uslublar orqali rivojlantirish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
13-14 yoshli brass usulida suzuvchilarning quruqlikda va suvda depsinish kuchini oshirishga qaratilgan, me’yorlashtirilgan maxsus og‘irliklar bilan bajariladigan, sakrash, maxsus rezinada bajariladigan mashqlar majmuasini tayyorgarlik jarayoniga qo‘llash evaziga shug‘ullanuvchilarning burilish texnikasini bajarish samaradorligi oshirilgan;
o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqichida shug‘ullanuvchi brass usulida suzuvchilarning kuch va portlovchi kuch qobiliyatini rivojlantirish uchun odatiy jismoniy yuklamalar jarayonida ishtirok etmaydigan mayda mushak guruhlari tonusini oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot tuzilmasini ishlab chiqish hisobiga suzish jarayonidagi harakatlar faolligini barqaror ushlab turish imkoniyati kengaytirilgan;
o‘quv mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi brass usulida suzuvchilarning burilishni amalga oshirishda sarflangan vaqtini hamda oyoq depsinish kuchini nazorat qilish uchun "Swimming Dash" dasturini tayyorgarlik jarayoniga tadbiq qilish hisobiga burilishda shug‘ullanuvchilarning depsinish kuchini oshirish imkoniyati takomillashtirilgan;
brass usulida suzuvchilarning mashg‘ulot jarayonida yaratilgan “Suv sportining yetakchi omillari parametrlarini monitoring trenajer” nomli moslama ishlab chiqib, burilish texnikasini bajarishda qo‘llar simmetriyasi va bir vaqtda basseyn devoriga to‘g‘ri tegishini hamda har bir burilish bosqichidagi harakatlarni musobaqa faoliyatiga maksimal yaqinlashtirish hisobiga kuch qobiliyati bilan birga texnik tayyorgarlikni o‘zlashtirish imkoniyati oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Brass usulida suzuvchilarni oyoq kuchi samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
13-14 yoshli brass usulida suzuvchilarning quruqlikda va suvda depsinish kuchini oshirishga qaratilgan me’yorlashtirilgan maxsus mashqlar majmuasini tayyorgarlik jarayoniga qo‘llash evaziga shug‘ullanuvchilarning burilish texnikasini bajarish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar “Sport pedaogik mahoratini oshirish (suzish)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-181 raqamli guvoxnoma). Natijada, brass usulida suzuvchilarni 100m va 200m masofalarda faqat oyoq harakatida va to‘liq koordinatsiyada suzishda o‘quv-mashg‘ulot guruhlaridagi suzuvchilarning sarflagan vaqti 27,4%  oshirilgan.
o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqichida shug‘ullanuvchi brass usulida suzuvchilarning burilish texnikasini bajarishda qo‘llar simmetriyasi va bir vaqtda basseyn devoriga to‘g‘ri tegishini burilishni amalga oshirishda sarflangan vaqtini “Suv sportining yetakchi omillari parametrlarini monitoring trenajeri” nomli moslamada aniq bajarish imkoniyati kengaytirilganligi Toshkent shahri Bektemir tumani 1-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi, o‘quv mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 16 noyabrdagi 04-17-02-10578-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv-mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi brass usulida suzuvchilarning oyoq kuchi, jismoniy va texnik tayyorgarligini yaxshilash orqali ularning natijalari yaxshilanishiga, ya’ni 100 metr masofani to‘liq koordinatsiyada suzish vaqti tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan 55,6% ga yaxshilangani (ishonchlilik darajasi r<0,05) kuzatilgan.
o‘quv mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi brass usulida suzuvchilarning oyoq depsinish kuchini nazorat qilish uchun "Swimming Dash" dasturini tayyorgarlik jarayoniga tadbiq qilish hisobiga burilishda shug‘ullanuvchilarning depsinish kuchini oshirish takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek tumani 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quv mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 16 noyabrdagi 04-17-02-10578-son ma’lumotnomasi). Natijada, brass usulida suzuvchilarni oyoq kuchini rivojlantirishda haftalik mashg‘ulot dasturi quruqlikda va suvda bajariladigan mashqlarni qo‘llash maqsadga muvofiqligi tadqiqot davomida 99,9% ga o‘z isbotini topgan.
brass usulida suzuvchilarning mashg‘ulot jarayonida yaratilgan “Suv sportining yetakchi omillari parametrlarini monitoring trenajeri” nomli moslamadan foydalanib, har bir burilish bosqichidagi harakatlarni musobaqa faoliyatiga maksimal yaqinlashtirish hisobiga kuch qobiliyati bilan birga texnik tayyorgarlikni baravar o‘zlashtirish imkoniyati oshirilganligi Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek tumani 1-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quv mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 16 noyabrdagi 04-17-02-10578-son ma’lumotnomasi). Natijada, brass usulida suzuvchilarni burilishni amalga oshirganda suv havzasining devoridan itarilganda depsinish kuchi 46,11 kg yaxshi natija qayt etilgani kuzatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish