Kim Ol`ga Anatol`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlardagi o‘tkir ishemik insul`tning patogenetik tiplarida klinik, makro- va mikrostrukturaviy serebral omillari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1426
Ilmiy rahbar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rashidova Nilufar Safaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: S.D. Asfendiyarov nomidagi Kozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: etiologik omillarning klinik va nevrologik, makrostrukturaviy va mikrostrukturaviy ahamiyatini yoshlarda uchraydigan o‘tkir ishemik insultning patogenetik tip osti shakllarida qiyosiy jihatdan baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda ishemik insultning o‘tkir davri kechishining og‘irligi va prognozi ularning shakllanishining patogenetik mexanizmi, o‘choqning lokalizatsiyasi va asosiy xavf omillarining ta’sir darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
yoshlarda patogenetik tiposti va xavf omillariga bog‘liq holda ishemik insultning o‘tkir davrida BDNF neytrotrofik miya omili va zardob gomotsisteinining qondagi darajasi bo‘yicha, neyroplastiklik va oksidlanish stressining ifodalanganligi holati haqida qiyosiy laborator prognostik ahamiyatli markerlar aniqlangan;
patogenetik tip osti va etiologik omilga ko‘ra yoshlarda ishemik insult o‘tkir davrida nevrologik defisit, makrostrukturaviy va mikrostrukturaviy serebral omillar va zardob biomarkerlari (gomotsistien va neyrotrofik omil) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
patogenetik tip osti va etiologik bog‘liq holda yoshlarda ishemik insultning kechishini prognoz qilish va uning takroriy rivojlanish ehtimolini ob’ektiv baholash imkonini beruvchi, dinamik neyrovizualizatsiya nazorati va resotsializatsiya potensialini baholash o‘rtasidagi korrelyasion o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yoshlarda patogenetik kichik tiplar va etiologik omillarga bog‘liq holda ishemik insultning miya omillarining klinik-nevrologik, makro- va mikrostrukturaviy ahamiyatini baholashda olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ishemik insult bilan og‘rigan yosh bemorlarda diagnostika va profilaktika usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Yoshlarda ishemik insultning diagnostikasi va profilaktikasining optimallashtirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-z/30-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma patogenetik kichik tip va etiologik omilga qarab yoshlarda ishemik insultni differensial tashxislash va ushbu patologiyaning rivojlanishining oldini olishga qaratilgan profilaktika choralarini ko‘rish imkonini bergan.
ishemik insult bilan og‘rigan yosh bemorlarning qayta ijtimoiylashtirish salohiyatini baholash buyicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Yoshlarda ishemik insultning reabilitatsiya salohiyatini aniqlash usuli” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-z/30-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanomalarda taklif qilingan usul o‘tkir ishemik insultni boshdan kechirgan bemorlarning qayta ijtimoiylashuvi va ijtimoiy moslashuvining mumkin bo‘lgan natijalari va salohiyatini baholashga imkon bergan;
ishemik insult bilan og‘rigan yosh bemorlarda diagnostika va profilaktikasini yaxshilash bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘likni saqlash amaliyotiga, jumladan Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘likni saqlash vazirligi 2022 yil 18 iyuldagi 08-20545-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amalga oshirish yoshlarda ishemik insult diagnostikasi va profilaktikasini optimallashtirish, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.