Baymirova Luiza Tuxtamishevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alkogolga tobelik bo‘lgan bemorlarda emotsional, kognitiv va xulq - atvor buzilishlarning o‘zaro klinik- psixologik bog‘liqligi», 14.00.118 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib953.
Ilmiy rahbar: Tursunxodjaeva Lyudmila Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulugbek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi alkogolga tobelik bilan kasallangan bemorlarning xulq-atvori va ijtimoiy moslashuv darajasiga ta’sir qiluvchi klinik va psixologik omillar majmuasini aniqlash, uning qaytalanishining oldini olish bo‘yicha yondashuvlarni optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alkogolga tobelikning biopsixoijtimoiy modeli asosida jamiyat qoidalariga  mo‘’tadil, asotsial, jamiyat qoidalariga qarshi xulq-atvorga ega bo‘lgan bemorlarda solishtirgan holda klinik-biologik va psixosotsial xususiyatlari, premorbid xulq-atvor deviatsiyalari aniqlangan;
ilk bor ijtimoiy aktivligi turli vektorlariga ega bo‘lgan alkogolga tobelikdagi bemorlarning ijtimoiy moslashish qobiliyatini baholovchi ijtimoiy intellekt tarkibiga kiradigan kognitiv, emotsional va kommunikativ ko‘rsatkichlari qiyoslanib, ularning kognitiv funksiyalar buzilishlari va shaxsning tipologik xususiyatlari orasida korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
alkogoldan surunkali intoksikatsiya ta’siridagi serebral etishmovchilik natijasida kognitiv buzilishlar  rivojlanishi, aqliy ish qobiliyati turg‘un pasayishi va  kasallik nazoratlanmaydigan  bosqichga o‘tishi aniqlangan;
alkogolga tobelikdagi residivlar oldini olish va bemorlarning ijtimoiy adaptatsiya darajasini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ijtimoiy intellekt rivojlantirish bo‘yicha  psixoterapevtik yondashuv bilan optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surunkali alkogolizm natijasidagi ruhiy va xulq-atvor buzilishlarining klinik xususiyatlari va alkogolga tobelikni residivining oldini olishga yondashuvlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
spirtli ichimliklarni iste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan ruhiy va xulq-atvor buzilishlarini va klinik-dinamik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Alkogolga tobelik bo‘lgan bemorlarda ijtimoiy intellektni rivojlantirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 apreldagi 8n-d/149-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma alkogolga tobelikni residivining oldini olishga va profilaktika choralarini optimallashtirish imkonini bergan;
spirtli ichimliklarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan ruhiy va xulq-atvor buzilishlariga va klinik-dinamik xususiyatlariga bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent shahar narkologiya dispanseri, Toshkent shahar narkologik majburiy davolash shifoxonasi, Namangan viloyat narkologik dispaseri amaliyotiga   joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 yanvardagi 08-09/1782-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliytga joriy qilinishi alkogolga tobelik bo‘lgan bemorlarning davolanishdan keyin ijtimoiy moslashuv darajasini prognoz qilish va davolash-reabilitatsiya dasturlarini takomillashtirish xamda kasallik takrorlanishining oldini olish bo‘yicha yondashuvlarni optimallashtirish narkologik yordam samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish