Sayt test rejimida ishlamoqda

Ulug‘ov Chorshanbi Xudaynazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida suspenziya qo‘llashning g‘o‘zani o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini o‘rganish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx626.
Ilmiy rahbar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Davronov Qaxramon Anvarjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Ismayilov Jumanazar Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar ekspermental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishini yaxshilash hamda undan yuqori va sifatli paxta hosili olish maqsadida turli mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziya qo‘llashning maqbul me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida mineral o‘g‘itlarning N-150, P-105, K-75, N-200, P-140, K-100 va N-250, P-145, K-125 kg/ga me’yorlari fonida g‘o‘zaning 2-3 chin bargli, shonalash va gullash davrining boshlarida karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziya bilan bargidan oziqlantirishning maqbul me’yorlari aniqlangan;
g‘o‘zada mineral o‘g‘itlarning N-150, P-105, K-75, N-200, P-140, K-100 va N-250, P-175, K-125 kg/ga me’yorlari qo‘llanilgan fonlarda o‘simlikning 2-3 chin bargli davrida 5,0-7,0 kg/ga, shonalash davrida 7,0-9,0 kg/ga va gullash davrining boshlanishida 9,0-11,0 kg/ga me’yorlarda karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziya bilan bargidan oziqlantirilishi chigitni laboratoriya sharoitidagi unuvchanligiga ijobiy ta’sir etganligi tasdiqlangan;
mineral o‘g‘itlarning N-200, P-140, K-100 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda o‘simlikning 2-3 chin bargli davrida 5,0 kg/ga, shonalash davrida 7,0 kg/ga va gullash davrining boshlanishida 9,0 kg/ga me’yorda karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziya bilan bargidan oziqlantirilishi hisobiga uning vilt kasalligi bilan zararlanish darajasini 4,7 % ga kamayishi aniqlangan;
g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi, quruq massa to‘plashi, barg yuzasini shakllanishi, fotosintez mahsuldorligi, paxta hosili, tola sifati va chigitning tarkibidagi moy miqdoriga karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziyaning ijobiy ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zada turli mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziya qo‘llashning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “Turli mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziyani g‘o‘zada qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9 yanvardagi 02/025-65-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma respublikada paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida g‘o‘zani karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziya orqali bargidan oziqlantirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
tipik bo‘z tuproqlar sharoitida turli mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziya bilan g‘o‘zaning 2-3 chin bargli, shonalash va gullash davrlarining boshlanishida qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani va Oqqo‘rg‘on tumanlarining fermer xo‘jaliklarida jami 353,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9 yanvardagi 02/025-65-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning 2-3 chin bargli, shonalash va gullash davrining boshlanishida karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziya bilan bargidan oziqlantirilishi uning o‘sishi va rivojlanishini jadallashtirish bilan birgalikda paxta hosiliga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, 2,1-2,9 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan va rentabellik darajasi 8,0-12,7 % ga ortgan;
karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziyani turli mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida g‘o‘zaning 2-3 chin bargli, shonalash va gullash davrlarining boshida qo‘llash texnologiyasi Bo‘ka tumani va Oqqo‘rg‘on tumanlarining fermer xo‘jaliklarida jami 353 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9 yanvardagi 02/025-65-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zani parvarishlashda mineral o‘g‘itlar me’yorlarini oshirib borilishi o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mineral o‘g‘itlarning N-200, P-140, K-100 va N-250, P-175, K-125 kg/ga me’yorlari qo‘llanilgan fonlarda N-150, P-105, K-75 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonga nisbatan 3,6-5,3 miqdorida qo‘shimcha paxta hosili olishni ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish