Jumanov Daulet Azatbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Burun va yondosh bo‘shliqlari kasalliklarining pastki nafas yo‘llariga asoratlanishlarini erta tashxislash va profilaktikasi», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib842.
Ilmiy rahbar: Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ryazansev Sergey Valentinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shamsiev Djaxangir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi vrachlar malakasini oshirish instituti (Ozarbayjon).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasalxonadan tashqari pnevmoniyali bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini erta tashxislash va davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kasalxonadan tashqari pnevmoniyali bemorlarda 3D rentgenografiya (KNKT) tekshiruvlari natijasida burun yondosh bo‘shliqlari surunkali yallig‘lanish kasalliklarining qo‘shma holda kechishi aniqlangan;
kasalxonadan tashqari pnevmoniya surunkali kechishi va qaytalanishida asosiy etiologik omillaridan bo‘lib, surunkali etmoidit va sfenoiditlar ekanligi asoslangan;
ilk bor kasalxonadan tashqari pnevmoniya va surunkali rinosinusitli bemorlarda yuqori va pastki nafas yo‘llari shilliq qavati surtmalari qiyosiy mikrobiologik tekshiruvlari o‘tkazilgan va zamonaviy antibiotiklarga sezgirligi aniqlangan;
ilk bor kasalxonadan tashqari pnevmoniya va surunkali rinosinusitli bemorlarda PZR tekshiruv usulida burun bo‘shlig‘i va burun-halqum shilliq qavatidan olingan surtmalarda streptococcus pneumonia asosiy qo‘zg‘atuvchi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali rinosinusitlarning pastki nafas yo‘llariga asoratlanishini erta tashxislashda klinik-laborator ko‘rsatkichlarning ahamiyati va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pastki nafas yo‘llari kasalliklarida surunkali rinsinusitlarning tashxislash samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Kasalxonadan tashqari pnevmoniyali bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini erta tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 apreldagi 8n-r/307-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada pastki nafas yo‘llari kasalliklari bo‘lgan bemorlarda surunkali rinosinusit kasallikni tashxislash, bemorlarni  kuzatish orqali bemorlarning xastalik tufayli asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
pastki nafas yo‘llari kasalliklarida surunkali rinsinusitlarning davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Kasalxonadan tashqari pnevmoniyali bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari yallig‘lanish kasalliklarini davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 apreldagi 8n-r/306-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma pastki nafas yo‘llari kasalliklari bo‘lgan bemorlarda surunkali rinosinusit kasalligini davolash samaradorligini oshirish, kasallikni asoratlanishini oldini olish orqali bemorlarning xayot sifatini oshirish imkonini bergan;
pastki nafas yo‘llari kasalliklarida surunkali rinosinusitlarni tashxislash, davolash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi otorinoloringologiya bo‘limi, EraMed shifoxonasi, InViVo shifoxonalari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8n-d/271–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi pastki nafas yo‘llari kasalliklarida surunkali rinosinusit kasalligi bo‘lgan bemorlarda davolash samaradorligini oshirish, bemorlarning umr ko‘rish davriyligini uzaytirish, davolash profilaktik yordam sifatini oshirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, ijobiy davolash samaradorligini oshirish va profilaktikasi hamda shu orkali ushbu xastalikni qaytalanishini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish