Xolboev Elyorjon Baxromjonovich
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Trikotaj maxsulotlari uchun murakkab tuzilishli to‘qimalarni yaratish” 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va
xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1848
Ilmiy rahbar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Abdurashid, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi trikotaj mashinalarining texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqib, trikotaj maxsulotlari uchun murakkab tuzilishli to‘qimalarni yaratish va tadqiq qilish, ularning qo‘llanish ko‘lamini kengaytirish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibiga turli indeksli press yarim halqalari kiritilgan yangi rapportdagi murakkab trikotaj to‘qima tuzilishlari yaratilgan;
sifat ko‘rsatkichlarini ekspert baholash usulidan foydalanib turli indeksli press trikotaj to‘qimalarining eng ahamiyatli ko‘rsatkichlari aniqlangan;
tarkibiga halqa ko‘chirish elementlari kiritilgan yangi murakkab trikotaj to‘qimalarining texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlarining regression bog‘lanishlar olingan;
tajriba natijalarini qayta ishlash natijasida halqa qadami, halqa ipi uzunligi, qalinlik omillarining hajm zichligi va uzilish kuchiga o‘zaro bog‘lanishlari aniqlangan, tarkibiga qo‘shimcha elementlar kiritilgan holda murakkab trikotaj olish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Trikotaj mashinalarida yangi tuzilishdagi murakkab naqshli trikotaj to‘qimalarini olish jarayonini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
1 va 2 indeksli press trikotaj to‘qimalarini olish jarayoni “Flatnit Textile” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 25 maydagi № 03/25-1547 son ma’lumotnomasi). Natijada sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, xom ashyo sarfini 10% gacha kamaytirishga erishilgan va korxonalarda ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
yangi murakkab naqshli trikotaj to‘qimalarini olish jarayoni “Flatnit Textile” MChJ korxonasiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 25 maydagi № 03/25-1547 son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qima tuzilishiga qo‘shimcha naqsh elementlarini kiritish hisobiga murakkab naqshli trikotaj to‘qimasining sifat ko‘rsatkichlarini, xususan, mustaxkamlik ko‘rsatkichlari va deformatsion xususiyatlarini yaxshilashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish