Bekmurodova Go‘zal Adhamovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Tijorat banklari raqobatbardoshligini oshirishning innovatsion marketing konsepsiyasini takomillashtirish», 08.00.11– Marketing (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2PhD/Iqt175.

Ilmiy rahbar: Rashidov Oktam Yunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Ikramov Murod Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mustafoev Zafar Bo‘rievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: Tijorat banklari raqobatbardoshligini oshirishning innovatsion marketing konsepsiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yangi bank xizmatlarini bozorga kiritishda «kraudsorsing» innovatsion marketing uslubiyotidan foydalanish yo‘llari ishlab chiqilgan hamda ilk bor «kraudmarketing» innovatsion marketing usuli taklif etilgan;

tijorat banklari xarajatlarini kamaytirish va mijozlar talablariga yanada moslashishga qaratilgan bank marketingi boshqaruvida AKTdan samarali foydalanishning mantiqiy-sxematik modeli ishlab chiqilgan;

tijorat banklarida strategik marketing boshqaruvi tizimi blok-sxemasi takomillashtirilgan hamda strategik marketingda zamonaviy va innovatsion marketing texnologiyalari tizimi va 4S modeli taklif etilgan;

banklarning boshqaruv xarajatlari aniq hisobini yuritish va samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishini ta’minlash maqsadida marketing tizimi xarajatlari hisobini yuritish taklifi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Tijorat banklari raqbotbardoshligini oshirishning innovatsion marketing konsepsiyasini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi takliflar ishlab chiqilgan:

yangi bank xizmatlarini bozorga kiritishda «kraudsorsing» innovatsion marketing uslubiyotidan foydalanish yo‘llari hamda ilk bor «kraudmarketing» innovatsion marketing usulini qo‘llash taklifi «O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki hamda Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» amaliyotiga joriy etilgan (2017 yil 6 dekabrdagi 07-1-01-19/15929-son va 2017 yil 12 dekabrdagi 04-12/5490-son ma’lumotnomalar). Natijada yangi bank xizmatlarini joriy etish va ularni takomillashtirish, mijoz uchun eng qulay va maqbul xizmat shakllarini taklif etish, bankning qo‘shimcha foyda va imidjini oshirish imkoni yaratildi;

tijorat banklari xarajatlarini kamaytirish va mijozlar talablariga yanada moslashishga qaratilgan bank marketingi boshqaruvida AKTdan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan mantiqiy-sxematik modelini qo‘llash taklifi «O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat bankida hamda Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» amaliyotiga joriy etilgan (2017 yil 6 dekabrdagi 07-1-01-19/15929-son va 2017 yil 12 dekabrdagi 04-12/5490-son ma’lumotnomalar). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi bank faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning turli yo‘nalish va darajalarida marketing tadbirlarini amalga oshirishda, bank xizmatlari ko‘rsatishda, shuningdek, bankning boshqa funksional faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi;

tijorat banklarida strategik marketing boshqaruvi tizimining takomillashtirilgan blok-sxemasi, zamonaviy va innovatsion marketing texnologiyalari tizimi va 4S modelidan foydalanish taklifi «O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat bankida hamda Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» amaliyotiga joriy etilgan (2017 yil 6 dekabrdagi 07-1-01-19/15929-son va 2017 yil 12 dekabrdagi 04-12/5490-son ma’lumotnomalar). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi banklarda yangi moliyaviy xizmatlarni joriy etish, bank xizmatidan foydalanuvchilar sonini oshirish, bank xizmatlari sifatini yaxshilash, bankning korporativ mijozlar bazasini kengaytirish imkonini berdi;

banklarning boshqaruv xarajatlari aniq hisobini yuritish va samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishini ta’minlash maqsadida marketing tizimi xarajatlari hisobini yuritish taklifi «O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat bankida hamda Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» amaliyotiga joriy etilgan (2017 yil 6 dekabrdagi 07-1-01-19/15929-son va 2017 yil 12 dekabrdagi 04-12/5490-son ma’lumotnomalar). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi kelgusidagi marketing xarajatlari samaradorligini baholash va tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish