Djumaniyazov Umrbek Ilxamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat-xususiy sherikchiligi asosida uy-joy qurilishi sohasida korporativ boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.PhD/Iqt60.

Ilmiy rahbar: Boltabaev Maxmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Sharifxodjaev Usman Ulfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Suyunov Dilmurod Xolmuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: davlat-xususiy sherikchiligi (DXSh) asosida uy-joy qurilishi sohasida faoliyat yuritayotgan korporativ tuzilmalarda boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

DXSh loyihalarining bir nechta guruhlash belgilari asosidagi takomillashgan tasnifi ishlab chiqilgan;

DXSh asosida korporativ boshqaruvni shakllantirishning ilg‘or xorijiy tajribalari va mexanizmlaridan bo‘lgan BOT (Build–Operate–Transfer,–ingl. «qurilish-foydalanish-topshirish»), konsessiya, hayotiylik davri shartnomalari  loyihalarini respublikamiz maxsus sanoat industrial zonalarida (MSIZ) samarali qo‘llash orqali xorijiy investisiyalarni jalb qilinishini faollashtirish, infratuzilmani yanada yaxshilashga va davlatning moliyaviy yukini engillashuviga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan arzon uy-joylar bo‘yicha baho va sifatning optimal nisbatiga erishish masalasiga DXSh loyihalari asosida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi orqali uy-joy bilan ta’minlashning yuqori o‘sish darajasiga erishish va bahosini pasaytirish imkonini beruvchi davlat sektori komparatori (PSC)ning nisbiy samaradorligi formulasi ishlab chiqilgan;

qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar asosidagi arzon uy-joylar qurilishi borasida miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi, buyurtmachi xarajatlarining qisqarishiga, hukumat tomonidan banklarga beriladigan ipoteka kreditlarining manbasi bo‘lgan byudjet mablag‘larining tejalishiga imkon beruvchi “Qishloq qurilish invest” injiniring kompa­niyasi ishtirokisiz moliyalashtirishning yangi mexanizmi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:DXSh asosida uy-joy qurilishi sohasida korporativ boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

DXSh loyihalarining bir nechta guruhlash belgilari asosidagi takomillashgan tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tasarrufidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy etilgan (Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitaning 2017 yil 11 dekabrdagi 12986/06-11-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda qo‘llash natijasida DXSh loyihalarining qaysi tarmoqqa, sub’ektlar tarkibiga, ma’muriy  darajasiga ko‘ra mansubligi, davlat va biznesning rolini o‘zaro nisbatiga, loyihalarni rasmiylashtirilishiga, ko‘lamiga, amalga oshirish muddatlariga, innovatsion mazmuniga, sherikchilik tabiati va davlat-xususiy sherikchiligi mazmuniga ko‘ra mansubligi tasniflangan;

DXSh asosida korporativ boshqaruvni shakllantirishning ilg‘or xorijiy tajribalari va mexanizmlaridan bo‘lgan BOT (Build–Operate–Transfer,–ingl. «qurilish-foydalanish-topshirish»), konsessiya, hayotiylik davri shartnomalari  loyihalarini respublikamiz maxsus sanoat industrial zonalarida samarali qo‘llash orqali xorijiy investisiyalarni jalb qilinishini faollashtirish, infratuzilmani yanada yaxshilashga va davlatning moliyaviy yukini engillashuvi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tasarrufidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy etilgan (Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitaning 2017 yil 11 dekabrdagi 12986/06-11-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirish natijasida yangi tashkil qilingan maxsus sanoat industrial zonalarga xorijiy investisiyalarni jalb qilinishini faollashtirish, infratuzilmani yanada yaxshilash va davlatning moliyaviy yukini engillashishi ta’minlangan;

qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan arzon uy-joylar bo‘yicha baho va sifatning optimal nisbatiga erishish masalasiga DXSh loyihalari asosida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi orqali uy-joy bilan ta’minlashning yuqori o‘sish darajasiga erishish va bahosini pasaytirish imkonini beruvchi davlat sektori komparatori (PSC)ning nisbiy samaradorligi formulasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tasarrufidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy etilgan (Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitaning 2017 yil 11 dekabrdagi 12986/06-11-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish orqali davlatning iqtisodiyotga aralashuvi davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari asosidagi uy-joy bilan ta’minlashning yuqori o‘sish darajasi ta’minlangan va uy-joylarning bahosini 2 foizgacha pasaytirish imkonini bergan;

qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar asosidagi arzon uy-joylar qurilishi borasida miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi, buyurtmachi xarajatlarining qisqarishiga, hukumat tomonidan banklarga beriladigan ipoteka kreditlarining manbasi bo‘lgan byudjet mablag‘larining tejalishiga imkon beruvchi “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokisiz moliyalashtirishning yangi mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tasarrufidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy etilgan (Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitaning 2017 yil 11 dekabrdagi 12986/06-11-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi natijasida uy-joylar qurilishi borasida miqdor va sifat ko‘rsatkichlari yaxshilangan, buyurtmachi xarajatlari uchun sarflanadigan mablag‘larning qisqarishi, hukumat tomonidan banklarga beriladigan ipoteka kreditlarining manbasi bo‘lgan byudjet mablag‘larining tejalishi, uzoq muddatli ipoteka kreditidan foydalanilgan holda uy-joylar qurilishi tizimini yanada rivojlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish