Xadjimetov Behzod Baxadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr oxiri – XXI asr boshi O‘zbekistonda miniatyura rangtasvirini qayta tiklanish jarayoni va rivojlanish masalalari”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/San99.
Ilmiy rahbar: Xakimov Akbar Abdullaevich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020. San.119.01.   
Rasmiy opponentlar: Madraimov Abdumajid Abduraimovich, tarix fanlari doktori, professor; Raximova Zuxra Ibragimovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maqsadi mustaqillik davrida O‘zbekiston miniatyura rangtasviri an’analarining rivojlanishi, ijodiy jarayonlari, mavzulari, kompozisiyaviy tuzilishi, ashyolari, tasviriy va amaliy san’atning boshqa turlariga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxirlarida sanoat qog‘ozi, kitob bosish sanoati, litografiya usulining kirib kelishi ipak qog‘ozi, qog‘ozgar ustalar, muqovasoz, saxxof, hattot, naqqosh va miniatyura musavvirlari kabi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi, miniatyura san’atining unutilishiga olib kelganligi, XX asr boshlarida rassom S.Pochchaevning ijodiy asarlaridagina  miniatyura san’ati an’analari saqlanib qolganligi aniqlangan;
XX asrning 80-yillarida o‘zbek rassomlarining toshqog‘oz texnikasini o‘zlashtirishi “lokli miniatyura” va miniatyura san’ati an’anaviy rangdor kompozisiyalarini toshqog‘oz, mato, teri, yog‘och, sopol, metall kabi yangi ashyolarga ishlash texnikasining vujudga kelishiga sabab bo‘lganligi dalillangan;  
bino va inshootlar inter`erlarini milliy mavzularda bezatishga bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishi mumtoz miniatyura kompozisiyalaridagi kichik hajm, yorqin ranglarda ishlash kabi xususiyatlarning zamonaviy mahobatli rangtasvir san’atiga ko‘chishi, miniatyurada katta xajm, bosiq ranglar, lefkas, vitraj, al`sekko, mozaika, sirlangan sathga ishlash kabi uslublarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatganligi ochib berilgan;
zamonaviy miniatyura rassomlari ijodida hajm, mavzu, ashyolarning chegaralanmaganligi o‘rta asr Sharq miniatyuralariga xos bo‘lmagan noan’anaviy kompozision echimlarning vujudga kelishiga, miniatyurada psixologik portret, monotipiya, grizayl` texnikasi, kollaj usullari va an’anaviy, falsafiy, maishiy, tarixiy, naqqoshlik yo‘nalishlarining paydo bo‘lishiga olib kelganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr oxiri - XXI asr boshi O‘zbekistonda miniatyura rangtasvirini qayta tiklanish jarayoni  va rivojlanish masalalari bo‘yicha oligan ilmiy natijalar asosida:
XIX asr oxirlarida sanoat qog‘ozi, kitob bosish sanoati, litografiya usulining kirib kelishi ipak qog‘ozi, qog‘ozgar ustalar,  muqovasoz, saxxof, hattot, naqqosh va miniatyura musavvirlari kabi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi, miniatyura san’atining unutilishiga olib kelganligi, XX asr boshlarida rassom S.Pochchaevning ijodiy asarlaridagina  miniatyura san’ati an’analari saqlanib qolganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tarixiy savol” ko‘rsatuvining 2019 yil 3 oktyabrda efirga uzatilgan soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” telekanalining 2021 yil  4 iyuldagi 40-40/991-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston miniatyura rangtasvir san’atining rivojlanish bosqichlari, o‘tgan asrda miniatyura san’atida kuzatilgan badiiy jarayonlarni yoritishga xizmat qilgan;
bino va inshootlar inter`erlarini milliy mavzularda bezatishga bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishi mumtoz miniatyura kompozisiyalaridagi kichik hajm, yorqin ranglarda ishlash kabi xususiyatlarning zamonaviy mahobatli rangtasvir san’atiga ko‘chishi, miniatyurada katta xajm, bosiq ranglar, lefkas, vitraj, al`sekko, mozaika, sirlangan sathga ishlash kabi uslublarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida 2017-2021 yillarda yosh miniatyura rassomlari asarlarining “Sharq nafis san’ati-yoshlar nigohida” an’anaviy ko‘rgazmasini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022 yil 7 fevraldagi  CL72143015-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rgazma ekspozisiyasida zamonaviy miniatyura kompozision echimlaridagi o‘zgarishlar va uslublarni talqin etishga xizmat qilgan;
XX asrning 80-yillarida o‘zbek rassomlarining toshqog‘oz texnikasini o‘zlashtirishi “lokli miniatyura” va miniatyura san’ati an’anaviy rangdor kompozisiyalarini toshqog‘oz, mato, teri, yog‘och, sopol, metall kabi yangi ashyolarga ishlash texnikasining vujudga kelishiga sabab bo‘lganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tarixiy savol” ko‘rsatuvining 2019 yil 3 oktyabrda efirga uzatilgan soni ssenariysiini tayyorlashda keng foydalanilgan (“O‘zbekiston” telekanalining 2021 yil 4 iyuldagi 40-40/991-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvda lokli miniatyura san’ati tiklanishining badiiy asoslari, kompozisiyalar xususiyatlari va ashyolar texnikasi haqida yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
zamonaviy miniatyura rassomlari ijodida hajm, mavzu, ashyolarning chegaralanmaganligi o‘rta asr Sharq miniatyuralariga xos bo‘lmagan noan’anaviy kompozision echimlarning vujudga kelishiga, miniatyurada psixologik portret, monotipiya, grizayl` texnikasi, kollaj usullari va an’anaviy, falsafiy, maishiy, tarixiy, naqqoshlik yo‘nalishlarining paydo bo‘lishiga olib kelganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida 2017-2021 yillarda yosh miniatyura rassomlari asarlarining “Sharq nafis san’ati-yoshlar nigohida” an’anaviy ko‘rgazmasini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022 yil 7 fevraldagi CL72143015-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar zamonaiy miniatyura san’atida noan’anaviy kompozisiyaning vujudga kelish sabablari va yangi paydo bo‘lgan yo‘nalishlarning badiiy xususiyatlari ko‘rgazma ekspozisiyasini yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish