Baxadirov Umiddjan Shakirdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bug‘doy nav va tizmalarida shiraga chidamlilik genlarini DNK markerlari yordamida aniqlash», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/B207.
Ilmiy rahbar: Turaev Ozod, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Kushanov Faxriddin Ne’matovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Djabborov Ibroxim Shodmonovichni, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamizda etishtirilayotgan va xorijdan introduksiya qilinayotgan yumshoq bug‘doy nav va tizmalarilarida shiraga chidamlilik genlarini DNK markerlar yordamida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamizda etishtirilayotgan va xorijdan introduksiya qilingan yumshoq bug‘doy nav va tizmalar namunalari ichidan qiyosiy morfologiya usullari orqali shiraga chidamliliklari aniqlangan;
ilk bor DNK markerlari yordamida yumshoq bug‘doy nav va tizmalari ichidan shiraga chidamli genotiplar ajratib olingan;  
DNK markerlari yordamida yumshoq bug‘doy nav va tizmalari genomida shiraga chidamlilik Dn genlarining mavjudligi aniqlangan;
bug‘doy nav va tizmalarining molekulyar filogenetik shajarasini aniqlash asosida ularning o‘zaro genetik yaqin yoki uzoqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bug‘doyning nav va tizmalarida shiraga chidamlilik genlarini DNK markerlari yordamida aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bug‘doyda shiraga chidamlilik genlarini identifikatsiya qilishda tanlab olingan praymerlar  ICARDA (The International Center for Agricultural Research in the Dry Areas) xalqaro markazining “20-FWW-AWYT”, “23-IWWYT-IR”, “27-FAWWON-IR” ko‘chatzorlari namunalarini skrining qilishda foydalanilgan (ICARDA tashkilotining 12 noyabr 2021 yildagi 0999-son ma’lumotnomasi). Natijada, genomida shiraga chidamlilik genlari identifikatsiya qilingan donorlar tanlab olish va yangi navlar yaratishda foydalanish imkonini bergan;
chidamlilik genlari aniqlangan Termez-10 navi nazorat Yaksart, Tanya, Kroshka va Grom navlari bilan Toshkent viloyati Qibray tumani “Chinobod  Urazimbetov Agro Fayz” fermer xo‘jaligida 50 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 23 dekabrdagi 01/03-3483-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yaksart, Tanya, Kroshka va Grom navlarida 1-3 balgacha shira bilan zararlanish kuzatilgan, shiraga chidamli bo‘lgan Termez-10 navidan 80 sentner hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish