Shavkiev Jaloliddin Shamsutdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G. hirsutum L. va G. barbadense L. turlari genotiplarining suv tanqisligiga fiziologik va morfoxo‘jalik belgilari bo‘yicha reaksiyasi», 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, 03.00.09 - Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/V213.
Ilmiy rahbarlar: Nabiev Saydig‘ani Muxtorovich, biologiya fanlari doktori, professor; Azimov Abdulaxat Abdujabbarovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Qaxxarov Izzatilla Tilolovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xamraev Nurbek Ulug‘bekovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za genotiplarining suv tanqisligiga fiziologik va morfo-xo‘jalik belgilari bo‘yicha reaksiyalarini aniqlash va uning asosida seleksion istiqbolli ashyolarni olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor suv tanqisligiga chidamli Ishonch va Navbahor-2 g‘o‘za navlari va ularning o‘zaro resiprok F1 duragaylarida chidamsiz S-6524 va Toshkent-6 g‘o‘za navlari va ularning F1 duragaylariga nisbatan  barglardagi prolin aminokislotasi va karotinoidlarning miqdori ko‘proq oshganligi, malonildial`degid miqdori kamroq sintezlangani va ularning barglari yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega ekanligi isbotlangan;
cuv tanqisligida g‘o‘za navlarining F1 duragaylarida barglardagi transpiratsiya jadalligi belgisi ijobiy to‘liq dominantlik, barglarning suv ushlash xususiyati ijobiy o‘ta dominantlik, barg to‘qimalarining elektr o‘tkazuvchanligi, pigmentlar miqdori ijobiy va salbiy o‘ta dominantlik hamda to‘liqsiz dominantlik, prolin miqdori past ko‘rsatkichli navning to‘liqsiz dominantligi va salbiy o‘ta dominantlik, malonildial`degid miqdori esa ijobiy o‘ta dominantlik holatlarida irsiylangani va o‘rganilgan fiziologik belgilar bo‘yicha muhit variansasi genotipik variansaga nisbatan past ekanligi aniqlangan;
cuv tanqisligida mahsuldorlik va boshqa qimmatli-xo‘jalik belgilarining yuqori ko‘rsatkichlariga ega o‘simliklar foizi chidamli Ishonch va Navbahor-2 navlarining o‘zaro F2 kombinatsiyalarida yuqori bo‘lganligi asosida bu navlardan g‘o‘zaning qurg‘oqchilikka chidamlilik seleksiyasida boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanilgan;
suv tanqisligida ingichka tolali g‘o‘zaning F1 duragaylarida barglardagi umumiy suv miqdori va transpiratsiya jadalligi belgilari asosan, ijobiy o‘ta dominantlik va yuqori ko‘rsatkichli shaklning to‘liqsiz dominantligi, barglarning suv ushlash xususiyati va o‘simlik mahsuldorligi belgilari salbiy va ijobiy o‘ta dominantlik holatlarida irsiylangani, ba’zi F1 kombinatsiyalarida o‘simlik mahsuldorligi bo‘yicha geterozis samarasi yuqori bo‘lib, 154,1% dan 166,9% gachani tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zaning G. hirsutum L. va G. barbadense L. turlari genotiplarining suv tanqisligiga fiziologik va morfoxo‘jalik belgilari bo‘yicha reaksiyasini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi irsiy asosga ega ingichka tolali, suv tanqisligiga chidamli, tezpishar, hosildor va yuqori sifatli tolaga ega bo‘lgan “Bo‘ston” (T-663)  va“Durdona-2” (T-77) g‘o‘za navlari yaratilib, «G‘o‘za genofondi» noyob ob’ekti kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 24 fevraldagi 4/1255-439-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navlar ingichka tolali g‘o‘za kolleksiyasi xilma-xilligini boyitish imkonini bergan;
G‘o‘zaning G.barbadense L. turiga mansub yangi “Bo‘ston” navi 2021 yilda Zangiota tajriba stansiyasida 0,75 gektar maydonga ko‘paytirish uchun  joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 2 martdagi 02/22-04/940-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi ingichka tolali “Bo‘ston” g‘o‘za navidan yuqori va sifatli hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish