Beknazarov Elyor Murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modifisirlangan ikkilamchi organik materiallar asosida plastifisirlangan polimer mahsulotlari olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1507.
Ilmiy rahbar: Lutfullaev Sa’dulla Shukurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polietilen, polipropilen va polivinilxlorid asosidagi polimer chiqindilarni qayta ishlab, plastifisirlangan ikkilamchi materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi polietilen, polipropilen va polivinilxlorid asosida plastifisirlangan yangi polimer materiallari olingan;
ikkilamchi polivinilxlorid asosida polimer mahsulotlar olishda birlamchi polivinilxlorid, plastifikator, stabilizator va to‘ldiruvchilar qo‘shib, qayta ishlashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
mahalliy yog‘-moy sanoati chiqindisi soapstok va dioktilftalat bilan plastifisirlangan ikkilamchi polimer materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ikkilamchi polietilen, polipropilen va polivinilxlorid asosida olingan plastifisirlangan polimer materiallarning mustahkamlik va deformatsion xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkilamchi polietilen, polipropilen va polivinilxloriddan plastifisirlangan polimer materiallari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi polietilen, polipropilen, polivinilxlorid asosida plastifisirlangan polimer mahsulotlar olish texnologiyasi Sho‘rtangaz kimyo majmuasi MChJga qarashli Qarshitermoplast sexida diametri 32 mm li quvur ishlab chiqarish uchun qo‘llanilgan (Sho‘rtangaz kimyo majmuasi MChJning 2022 yil 29 apreldagi 002/998-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikkilamchi polietilen, polipropilen, polivinilxlorid aralashmalaridan plastifisirlangan polimer quvurlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan ikkilamchi polietilen, polipropilen, polivinilxlorid asosida plastifisirlangan polimer mahsulotlar olish texnologiyasi Sho‘rtangazkimyo majmuasi MChJning “2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar rejasi”ga kiritilgan (Sho‘rtangaz kimyo majmuasi MChJning 2022 yil 29 apreldagi 002/998-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikkilamchi polimer chiqindilari asosida fizik-mexanik xossalari yaxshilangan arzon polimer materiallar olish imkonini beradi.