Sayt test rejimida ishlamoqda

Maxmudova Nigora Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda liipd almashinuvining buzilishi va korreksiyalash yo‘llari» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib861.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turgunpulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvosikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jabborov Ozimboy Otaxonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda lipid almashinuvi buzilishi va ularni dori vositalari bilan korreksiyalash usullarini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SBK bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolash negizida rozuvastatinni qonning lipid spektriga ta’sirini baholash natijasida Frederiksen bo‘yicha IIa-IIb fenotiplari ustunligi bilan bo‘lgan lipid almashinuvining buzilishi aniqlangan;
rozuvastatinning endotelial disfunksiyaga ijobiy ta’siri uning pleyotrop samarasi bilan bog‘liqligi hamda SBK ning klinik-laborator avj olishini sekinlashtirishga va asoratlar xavfini kamaytirishga olib kelishi isbotlangan;
qiyosiy jixatdan, rozuvastatinni qabul qilmagan SBK og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari asoratining uchrash darajasi kamayishi, shuningdek, rozuvastatinning buyraklarning funksional holatini tiklashda nefroprotektiv ta’siri baholangan;
SBK bilan og‘rigan bemorlarda davolash dinamikasida jigarning funksional holatini biokimyoviy belgilarini baxolash natijasida rozuvastatinning labarator ko‘rsatgichlarini barqarorlashtirishga ijobiy ta’siri aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda lipid almashinuvining buzilishi va korreksiyalash yullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda lipid almashinuvining buzilishi va uni davolash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak kasalliklarini kompleks davolashda dislipidemiyani korreksiyalash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/505-son ma’lumotnomasi) Ushbu uslubiy tavsiyanoma davolash taktikasi va davomiyligini optimallashtirish hamda asoratlar rivojlanish uchrash darajasini pasaytirish, hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning tasarrufi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/505-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma buyrak disfunksiyasi buzilishining rivojlanishi xavfini kamaytirish imkonini bergan;
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda lipid almashinuvining buzilishi va korreksiyalash yullari samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahridagi 5-shahar klinik kasalxonasi, Toshkent viloyatining Chirchiq shahri tibbiy birlashmasi, Samarqand tibbiyot institutining 1-klinikasi hamda Buxoro shahridagi «Azizmed-Shifo» nomli ko‘p tarmoqli xususiy klinikasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 iyundagi 8-16332-son ma’lumotnomasi).  Olingan ilmiy natijalar SBKlarini davolash samaradorligini oshirish, davolash davomiyligini 2,1 o‘rin-kunlarga qisqartirish, buyrak asoratlari rivojlanish xavfini 32,6% ga pasaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish