Xolikulov Sherzod Bozorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston o‘lkasi boshqaruv tizimida notarial idoralarning tutgan o‘rni», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar959.
Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Urokov Dilshod Djamoliddinovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan sud islohotlari davomida tashkil etilgan notarial idoralar faoliyati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasining tub erli aholi bilan munosabatlarni tartibga solishda mahalliy ma’murlar orqali boshqaruv tartibotini joriy etishga qaratilgan harakatlari, ijtimoiy tafovutlarni tahrirlash bilan bog‘liq sud-notarial tizimdagi islohotlari, eng avvalo, mustamlaka ma’muriyati hukmronligini mustahkamlashni ko‘zlab amalga oshirilganligi isbotlangan;
mahalliy aholining mol-mulk, ibro (o‘z haqqidan kechish), savdo-sotiq, qarz, voyaga etmagan etim bolalar mol-mulkini nazorat qilish va fuqarolik munosabatlari bilan bog‘liq notarial masalalari asriy an’analarga xos qozixonalarda ko‘rilganligi sababli Turkiston o‘lkasida tajriba sifatida yo‘lga qo‘yilgan notarial idoralar faoliyatida o‘zini oqlamaganligi ochib berilgan;
notarial idoralar faoliyatini yo‘lga qo‘yish Rossiya imperiyasi qonunchilik normalariga asosan o‘lkada notarial idoralarning boshqaruv xususiyat kasb etishiga, jumladan bosh va kichik notariuslar, notarial arxiv va boshqa tuzilmalar tashkil etilishi bilan hamohanglikda amalga oshirilgani dalillangan;
Turkistonda notarius instituti fuqarolik munosabatlarini tartibga solishda mol-mulkni tasarruf etish, vasiylikni belgilash, notarial ishlar bilan bog‘liq hujjatlar haqqoniyligini tasdiqlash, tomonlarning haq-huquqlarini ishonchli himoya qilish vazifalarini bajarganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri va XX asr boshida Turkiston o‘lkasi boshqaruv tizimida notarial idoralarning tutgan o‘rni bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Turkistonda notarius instituti fuqarolik munosabatlarini tartibga solishda mol-mulkni tasarruf etish, vasiylikni belgilash, notarial ishlar bilan bog‘liq hujjatlar haqqoniyligini tasdiqlash, tomonlarning haq-huquqlarini ishonchli himoya qilish vazifalarini bajarganligiga oid taklif va tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 27 oktyabrdagi 02/439-son ma’lumotnomasi). Natija aholi o‘rtasida huquqiy bilimlarni oshirish, xususan, yosh avlodga tarixni real ochib berish, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilgan;
XIX asr oxiri-XX asr boshida Rossiya imperiyasining sudlov tizimidagi islohotlari, eng avvalo, mustamlaka ma’muriyati hukmronligini mustahkamlash, bu erdagi evropalik aholi manfaatlariga xizmat qilishini ko‘zlab amalga oshirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 7 maydagi 4045-287-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar aholiga va yoshlar qatlamiga sud-huquq tizimidagi islohotlar, xususan notarial idoralar faoliyatini tashkil etilishi, uning jamiyatdagi roli va rivojlanish bosqichlari mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
sud islohotlari davomida o‘lkada notarial idoralar faoliyati tajriba sifatida yo‘lga qo‘yilgani, biroq mahalliy aholining asriy an’analari hukmron bo‘lgani ortidan bu institut Turkistonda o‘zini oqlamaganiga oid taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yilda efirga uzatilgan “Sharq gavhari” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 20 oktyabrdagi 01/11-522-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilikga notarial idoralar faoliyatini tashkil etish va tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ma’lumotlarni yetkazishga xizmat qilgan;
notarial idoralar faoliyatini yo‘lga qo‘yish Rossiya imperiyasi qonunchilik normalariga asosan o‘lkada notarial idoralarning institutsional xususiyat kasb etishiga, jumladan bosh va kichik notariuslar, notarial arxiv va boshqa tuzilmalar tashkil etilishi bilan hamohanglikda amalga oshirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bedorlik”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2021 yil 24 noyabrdagi 04-25-1796-son ma’lumotnomasi). Natija aholining keng qatlamiga, shuningdek, yosh avlodga tarix hamda huquqiy bilimlarini oshirishga qo‘shimcha ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qilgan.