Saidxodjaev Anvar Gulyamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaharlarning elektr ta’minoti tizimlari energiya samaradorligini oshirish usullari va algoritmlari”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2022.3.DSc/-T.146.
Ilmiy maslaxatchi: Zaxidov Romen Abdullaevich, texnika fanlari doktori professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Foziljon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor; Sokolov Valeriy Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor; Sa’dullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xisobiy (maksimal) elektr yuklamalarini aniqlash va shahar elektr ta’minoti tizimlarining energiya samaradorligini oshirish metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar elektr ta’minoti tizimlarini loyihalashda energetik harajatlarni minimallash mezoni asosida shahar iste’molchilarining hisobiy elektr yuklamalarini aniqlash metodologiyasi ishlab chiqilgan;
shahar elektr ta’minoti tizimlarining umumiy elektr yuklamalarini hisoblash algoritm va dasturlari iste’molchilarning na’munaviy elektr yuklama grafiklarini shakllantirish asosida ishlab chiqilgan;
ehtimoliy-statistika usuli asosida shaharning kichik massivlari elektr yuklamalarini aniqlashda elektr energiyasiga ta’sir etuvchi faktorlarni hisobga olgan holda matematik model ishlab chiqilgan;
shahar elektr ta’minoti tizimi iste’molchilari elektr yuklamalarini prognozlashning yuqori aniqligini ta’minlovchi model va algoritmlari splayn-funksiyasining muqobil darajalari asosida ishlab chiqilgan;
shahar elektr ta’minoti tizimi elektr energiya samaradorligini oshirish mezoni asosida transformatorlar quvvatini tanlash iste’molchilar quvvatining optimal o‘zgarish oraliqlarini o‘rnatish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaharlarning elektr ta’minoti tizimlari energiya samaradorligini oshirish usullari va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr tarmog‘ining hisobiy (maksimal) elektr yuklamasini aniqlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (IAP 04216, 28.07.2010 y.). Natijada shahar elektr ta’minoti tizimlarini loyihalashda elektr tarmog‘ining maksimal elektr yuklamasini hisoblash aniqligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
iste’molchilarning na’munaviy elektr yukalama grafiklari asosida shakllantirilgan shahar elektr ta’minoti tizimlarining umumiy elektr yuklamalarini hisoblash algoritm va dasturlari “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “O’ZENERGOINJINIRING” AJ va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga joriy qilingan (Energetika vazirligining 2022 yil 18 martdagi №03-28-1560 sonli ma’lumotnomasi). Natijada shakllantirilgan na’munaviy elektr yukalama grafiklari asosida shahar elektr ta’minoti tizimlarini loyihalashda qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
shahar elektr ta’minoti tizimining iste’molchilari elektr yuklamalarini prognozlashning yuqori aniqligini ta’minlovchi model va algoritmlari “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “O’ZENERGOINJINIRING” AJ va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga joriy qilingan (Energetika vazirligining 2022 yil 18 martdagi №03-28-1560 sonli ma’lumotnomasi). Natijada shahar elektr tarmoqlarini loyihalash va ishlatishda elektr yuklamalarini yuqori aniqlikda prognozlash imkoniyati yaratilgan;
shahar elektr ta’minoti tizimlarini loyihalashda energetik harajatlarni minimallash mezoni asosida yuklama o‘sishini hisobga olgan holda shahar iste’molchilarining elektr yuklamalarini aniqlash usuli “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “O’ZENERGOINJINIRING” AJ va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga joriy qilingan (Energetika vazirligining 2022 yil 18 martdagi №03-28-1560 sonli ma’lumotnomasi). Natijada shahar elektr tarmoqlarini loyihalash va ishlatishda elektr yuklamalarini hisoblash aniqligini oshirish va energiya tejash tadbirlarning joriy etilishidan yillik iqtisodiy samaradolik 615 491 000 (olti yuz o‘n besh million tshrt yuz to‘qson bir ming) so‘mni tashkil etgan.