Namozov Olim Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyot tarmoqlarida investisiyalardan foydalanishning moliyaviy samaradorligini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt863.
Ilmiy rahbar: Rasulov To‘lqin Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mustafakulov Sherzod Igamberdievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyot tarmoqlarida investisiyalardan foydalanishning moliyaviy samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
potensial investorlarning taklifi mavjud bo‘lganda ustav kapitalining amalda shakllangan qismidan kelib chiqib, aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO) yo‘li bilan 10 foiz qo‘shimcha ulushni sotish taklif etilgan;
iqtisodiyot tarmoqlarida investisiya loyihalarini amalga oshirish hamda xorijiy investorlarni jalb qilish imkoniyatini kengaytirish maqsadida Texnopark ob’ektlarini tashkil qilish taklif etilgan;
SPO orqali 20 foiz aksiya paketini bosqichma-bosqich ommaviy joylashtirgandan so‘ng, 15,0 mln. AQSh dollari miqdorida investisiyalarni kiritish yoki uchinchi shaxslarga qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish sharti bilan salohiyatli investorga sotish taklif etilgan;
investisiya loyihalari uchun xalqaro texnologiyalar transfertini ta’minlovchi davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida mahalliy investorlarni yaratiladigan loyihalarda davlat kafolati berish asosida ishtirok etishini ta’minlash taklifi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Milliy iqtisodiyot tarmoqlarida investisiyalardan foydalanishning moliyaviy samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
potensial investorlarning taklifi mavjud bo‘lganda ustav kapitalining amalda shakllangan qismidan kelib chiqib, aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO) yo‘li bilan 10 foiz qo‘shimcha ulushni sotish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PQ-4300-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 4 dekabrdagi 03-08-1-12840-son ma’lumotnomasi). Natijada, investorlarga sotilishi mumkin bo‘lgan 22 ta loyiha ro‘yxati tasdiqlangan va 2020 yilda O‘zbekistonga 160,6 million AQSh dollari miqdorida investisiya kiritilish imkoniyati yaratilgan;
iqtisodiyot tarmoqlarida investisiya loyihalarini amalga oshirish hamda xorijiy investorlarni jalb qilish imkoniyatini kengaytirish maqsadida Texnopark ob’ektlarini tashkil qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 4 dekabrdagi 03-08-1-12840-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, yangi Texnopark infratuzilmasi barpo etish hamda Texnopark hududiga yangi joriy etiladigan investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun investorlarni tanlab olish imkoniyati yaratilgan;
SPO orqali 20 foiz aksiya paketini bosqichma-bosqich ommaviy joylashtirgandan so‘ng, 15,0 mln. AQSh dollari miqdorida investisiyalarni kiritish yoki uchinchi shaxslarga qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish sharti bilan salohiyatli investorga sotish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PQ-4300-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 4 dekabrdagi 03-08-1-12840-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha 34 ta davlat ob’ektini investorga sotish imkoniyati yaratilgan;
investisiya loyihalari uchun xalqaro texnologiyalar transfertini ta’minlovchi davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida mahalliy investorlarni yaratiladigan loyihalarda davlat kafolati berish asosida ishtirok etishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PQ-4300-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 4 dekabrdagi 03-08-1-12840-son ma’lumotnomasi). Natijada, investorlarga sotilishi mumkin bo‘lgan 5 ta loyiha ro‘yxati tasdiqlangan va 2020 yilda O‘zbekistonga 534,3 million dollarlik investisiya kiritilish imkoniyati yaratilgan.