Begmatova Dilorom Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish», 08.00.13– Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt59.
Ilmiy rahbar: Berkinov Bozorboy Berkinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Sunnat Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotningmaqsadi: aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarida barqaror strategik rivojlanish va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishni muvofiqlashtirishda boshqaruv organlari vakolatining tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasi takomillashtirilgan;
minoritar aksiyadorlarning faolligi oshirilishini hisobga oladigan manfaatlar qarama-qarshiligi bilan bog‘liq vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish harakatlar tartibi ishlab chiqilgan;
affilangan shaxslar ishtirokidagi munosabatlarni takomillashtirish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
«O‘zbekengilsanoat» AJ tizimidagi aksiyadorlik jamiyatlarini o‘rta va uzoq muddatda rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqqan holda, korporativ boshqaruv organlari monitoringini olib borishning tashkiliy-iqtisodiy tartiblari ishlab chiqilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligi darajasini reyting baholash usuli benchmarking tizimi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korporativ boshqaruv organlarining o‘zaro harakatlarini takomillashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zR Qonunining yangi tahririga va 2015 yil 31 dekabrda qabul qilingan korporativ boshqaruv kodeksiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining 2017 yil 17 noyabrdagi №2515/02-09-son ma’lumotnomasi); Mazkur taklifning joriy etilishi zamonaviy korporativ boshqaruv me’yorlari va usullarini aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etish va uning tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, jamiyatda boshqaruv organlarining yaqindan o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash va ularning faoliyat samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«O‘zbekengilsanoat» AJ tizimidagi aksiyadorlik jamiyatlarini o‘rta va uzoq muddatda rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqqan holda, korporativ boshqaruv organlari monitoringini olib borishning tashkiliy-iqtisodiy tartiblari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar «O‘zbekengilsanoat» AJ faoliyatiga joriy etilgan. («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 14 sentyabrdagi №DM-126/2-son ma’lumotnomasi). Muallifning aksiyadorlik jamiyatini strategik rivojlantirish bo‘yicha takliflari aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlarining o‘zaro uzviy hamkorligini ta’minlashga, ularning faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligi darajasini reyting baholash usulini benchmarking tizimi asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif «O‘zbekengilsanoat» AJ faoliyatiga joriy etilgan. («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 14 sentyabrdagi №DM-126/2-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan «O‘zbekengilsanoat» AJ tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv tizimida foydalanilgan. Taklif etilayotgan hisoblash uslubi aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligi darajasining muntazam ravishda amaliy baholanishini ta’minlaydi.