Isroilova Lola Sunnatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (8-sinf informatika va axborot texnologiyalari fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped959.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mirsanov Uralboy Muxammadievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod Gulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xaytullaeva Nafisa Saxobiddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa  doktori  (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchilarining «Informatika va axborot texnologiyalari» faniga oid kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda qadriyatli-mazmunli, umummadaniy, kognitiv, informatsion, kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy kabi tayanch komepetensiyalarni shakllantirishning metodik jihatlari kompetensiyaviy va tizimli-faoliyatli yondashuvlarni intensiv qo‘llash, «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining didaktik imkoniyatlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda kengaytirib borish mantiqiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda metapredmetli komepetensiyalarni shakllantirishning metodik tuzilmasi mazmunli, jarayonli, tashkiliy, integrativ komponentlarni amaliy yo‘naltirilgan loyihaviy ta’lim sharoitida veb-kvest va vebga moslashtirilgan elektron ta’lim resurslari bilan qayta aloqasi natijaviyligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda mustaqil ishlashga doir kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi tanqidiy, analitik, mantiqiy, evristik, kreativ ta’lim texnologiyalarini informatik ta’limga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmali modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash va raqamli kompetensiyalarning shakllanganligini baholash metodikasi bilish, tushunish, analiz, sintez, qo‘llash, baholash taksonomik ketma-ketligiga qat’iy rioya qilish asosida tezkor diagnostik va o‘z-o‘zini nazorat qilishga doir ICILS onlayn testlarining modikatsiyalashgan variantlarini didaktik loyihalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (8-sinf informatika va axborot texnologiyalari fani misolida) ga oid ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
o‘quvchilarda qadriyatli-mazmunli, umummadaniy, kognitiv, informatsion, kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy kabi tayanch komepetensiyalarni shakllantirishning metodik jihatlarini komepetensiyaviy va tizimli-faoliyatli yondashuvlarni intensiv qo‘llash, «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining didaktik imkoniyatlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda kengaytirib borish mantiqiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan F1-XT-0-16955 «Telekommunikativ tizimni globallashtirish sharoitida maktab o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashning fundamental muammolari» (2012-2016 yy.) fundamental loyihasining maktab o‘quvchilarini axborot bilan ishlashga oid kompetensiyasi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 22 fevraldagi 01/15-09/44-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda netiketga doir raqamli kompetensiyalarni shakllantirishga erishilgan;
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda metapredmetli komepetensiyalarni shakllantirishning metodik tuzilmasini mazmunli, jarayonli, tashkiliy, integrativ komponentlarni amaliy yo‘naltirilgan loyihaviy ta’lim sharoitida veb-kvest va vebga moslashtirilgan elektron ta’lim resurslari bilan qayta aloqasi natijaviyligini bevosita ta’minlash orqali aniqlashtirish, «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda mustaqil ishlashga doir kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini tanqidiy, analitik, mantiqiy, evristik, kreativ ta’lim texnologiyalarini informatik ta’limga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmali modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan I-OT-2017-4-2 «Metodik tizimda kompyuter imitatsion modellari asosidagi virtual resurslarni yaratish va imkoniyati cheklangan yoshlar ta’limida joriy etish» (2017-2018 yy.) innovatsion loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 5 iyuldagi 1960/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, informatika ta’limida metapredmetli o‘quv natijalariga erishish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash va raqamli kompetensiyalarning shakllanganligini baholash metodikasini bilish, tushunish, analiz, sintez, qo‘llash, baholash taksonomik ketma-ketligiga qat’iy rioya qilish asosida tezkor diagnostik va o‘z-o‘zini nazorat qilishga doir ICILS onlayn testlarining modikatsiyalashgan variantlarini didaktik loyihalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan  60110600 – Matematika va informatika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun «Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti» nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i). Natijada, o‘quvchilarning «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini mustaqil o‘zlashtirish va o‘zini-o‘zi baholash kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish